Zarafşon milliy tabiat boğida Buxoro xonguli otib öldirilgani haqida xabar bermoqda şu hududda yaşovçi fuqaro Jamşid Dölanov.
Jamşid Dölanovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, örmon hududida tez-tez öq tovuşi eşitilib turadi. Hudud rahbari, qorovullar, şuningdek «nozik mehmonlar» tustovuq va parrandalarni ovlab yurganiga bir neça marta guvoh bölgan. Bu holatni u tabiiy qabul qilgan, ruxsat olingan bölsa kerak, deb hisoblagan. «Ammo buğu ovlanganiga birinçi marta guvoh bölib qoldim», deydi u.
«Joriy yil 8 fevral kuni, soat 16:00 lar atrofida odatdagidek, öq tovuşi eşitildi. Şu atrofda bölganim uçun ovoz kelgan tomonga yaqinlaşdim. Boğning rahbari, uçastka nozirlari hamda haydovçi buğuni maşinaga ortişayotganini kördim. Şundan keyin buğuni daryo yoqasiga olib çiqişdi va terisini şilib, göştini olib ketişdi. Ular kiyik terisini taşlab ketişganidan söng öşa joyga yaqinlaşdim va qöl telefonim orqali teri va qon izlarini tasvirga oldim», dedi Jamşid Dölanov.

Dölanov kiyik terisini Jomboy tuman prokuraturasiga topşirganini ham bildirdi. Şundan söng huquq-tartibot idoralari kelib hududda örganiş olib borgan.
Ma'lumot örnida aytiş mumkin, bu noyob jonzot – Buxoro xonguli Özbekiston «Qizil kitobi» hamda xalqaro «Qizil kitob»ga kiritilgani bilan ham ahamiyatli.
Umuman, Jomboy hududiga Buxoro xonguli dastlab 1996 yilda olib kelingani aytiladi. Öşa vaqtlardagi manbalarga köra, kiyiklar dastlab 26 dona bölgan. Sönggi ikki-uç yilda keltirilgan ma'lumotlarga tayanadigan bölsak, hududda rasman öttizga yaqin buğu boqilayotgani qayd etilgan. Oçiqda yurganlarining esa hisob-kitobi yuritilmagan.
Dastlab keltirilgan buğularning yarmi (13-14 tasi) urğoçi bölgan deb faraz qilaylik, oradan 25-26 yil vaqt ötdi. Kiyik 12 oyda bolalaydi, barça noqulayliklar, tabiiy ölim va boşqa hududlarga rasman olib çiqib ketilganini inobatga olgan taqdirda ham bugun Jomboy milliy tabiat boğida neçta Buxoro xonguli bölişi kerak? Bu savolning javobini mutaxassislar bergani ma'qul, albatta.

Darvoqe, bitta buğuning narxi «qora bozor»da 30-36 million söm turişi aytilmoqda. Ma'lumot örnida aytiş mumkin, mazkur boğda Zarafşon tillarang qirğovuli ham uçraydi va dunyodagi eng noyob turlardan biri hisoblanadi.











