Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi avtomobillarga siqilgan gaz quyiş şoxobçasida yonğin sodir böldi, deya xabar bermoqda FVV.

Qayd etilişiça, 10 avgust kuni soat 22:00 da tumanning «Şayman» MFY hududida joylaşgan «zapravka» hududidagi avtomobillarda yonğin kelib çiqqani töğrisida FVBga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra 5 ta yonğin-qutqaruv ekipajlari soat 22:15 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 22:21 da qurşab olingan va soat 22:30 da öçirilgan.

Hodisa oqibatida Kia Bongo, Damas va Gentra avtomobillar zararlangan. Tan jarohati olganlar töğrisida xabar kelib tuşmagan.

Hozirda yonğin sababi va keltirilgan zarar aniqlanmoqda.