Ularning ikkisi ham 1 fevralda myanmalik harbiylar tomonidan hokimiyatdan çetlatilgandi.
Aung San Suu Ki va Vin Min sud oldida videoaloqa orqali javob beradi.
3 fevralda ularga 3 yillik qamoq jazosiga olib kelişi mumkin bölgan turli ayblovlar bildirilgandi. Jumladan, Aun San Su Çji import/eksport haqidagi qonunni buzişda, prezident Vin Min esa koronavirus epidemiyasi vaqtida tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etiş haqidagi qonunga xilof ravişda rafiqasi bilan birgalikda mamlakatning köplab hududlariga taşrif buyurişda ayblanmoqda. Bundan taşqari, Aung San Suu Kining “Demokratiya uçun milliy liga” partiyasidagi örinbosari Vin Txeyn ham isyonga çorlaş ayblovi bilan 19 fevralda sud oldida javob beradi.
1 fevralda myanmalik harbiylar mamlakatda bir yilga favqulodda holat kiritilişini va mamlakat rahbariyati hokimiyatdan çetlatilişini e'lon qilgandi. Ular bu harakatlarini 2020 yil noyabrda ötgan parlament saylovlarida soxtalaştirişlarga yöl qöyilgani bilan tuşuntirişgan. Harbiylar prezident Vin Minni va partiyasi parlament saylovlarida ğalaba qozongan Aung San Suu Kini hibsga olişgan.












