“Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasida “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti töğrisida”gi qonunga quyidagi özgartiş va qöşimçalar kiritiş nazarda tutilmoqda:
- 2005 yil 1 yanvardan avvalgi davr uçun iş staji şaxsning mehnat daftarçasida (elektron mehnat daftarça)gi mavjud yozuvlar asosida heç qanday tasdiqlovçi hujjatlar talab etilmasdan hisoblaş. Bunda, 2021 yil 1 iyundan boşlab yangi pensiya tayinlaşda 2005 yildan avvalgi yillar uçun iş staji şaxsning mehnat daftarçasidagi mavjud yozuvlar asosida heç qanday tasdiqlovçi hujjatlar talab etilmasdan hisoblaş tatbiq etilişi nazarda tutilgan;
- işlovçi fuqarolar tomonidan işlamaydigan turmuş örtoqlari kelgusida pensiya ta'minotiga ega bölişlari uçun öz daromadlaridan ixtiyoriy ravişda har oyda ijtimoiy soliq tölaş huquqi beriş va iş stajiga qöşib hisoblaş. Mazkur tizim amaliyotga joriy etilsa, oilada bola parvarişi va boşqa yumuşlar bilan band bölgani yoki turmuş örtoğining xohişiga asosan işlamagan turmuş örtoğini kelajakda pensiya bilan ta'minlaş imkoniyati beriladi;
- pensiya va nafaqalar fuqaroning xohişiga köra röyxatga olingan doimiy yaşaş yoki vaqtinça turgan joyi böyiça tayinlaş va tölaş. Buning natijasida fuqarolarga doimiy yoki vaqtinça röyxatga olingan turar joyi böyiça pensiya (nafaqa) tayinlaş va tölaş uçun murojaat qiliş imkoniyati yaratiladi. Fuqaro viloyatda doimiy yaşayotgan (propiska), biroq Toşkent şahrida vaqtinça röyxatdan ötgan bölsa, pensiya tayinlaş yoki tölaş uçun viloyatga boriş bilan boğliq ovoragarçiligi bartaraf etiladi;
- uç yil va undan avval tayinlangan yoki qayta hisoblangan pensiyalar tekşirilişiga hamda pensiya miqdoridan ortiqça pullar tölanganligi aniqlangan holatlarda ortiqça tölangan summalarni uşlab qolişga yöl qöymaslik;
- fuqaroning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiyalarni uni oliş huquqiga ega bölgan fuqarolarga töliq oy uçun tölaş tizimini joriy etiş taklif etilmoqda.












