Prezident Jo Bayden ma'muriyati Eron va boşqa davlatlar bilan AQŞning yadroviy kelişuvga qaytişi böyiça muzokaralarga qöşilişga tayyor. Bu haqda AQŞ davlat departamenti vakili ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Hill.

"Qöşma Ştatlar Yevropa ittifoqi oliy vakilining Eron yadroviy dasturi böyiça diplomatik yöllarni muhokama qiliş uçun P5 + 1 va Eron örtasidagi muzokaralarga qöşiliş töğrisidagi taklifini qabul qiladi", - dedi AQŞ taşqi siyosat mahkamasi vakili.

Şu tarzda Bayden ma'muriyati AQŞning yadroviy kelişuvdan çiqiş töğrisidagi avvalgi hukumat qarorini bekor qiliş yölida yana bir qadam taşladi.

AQŞ davlat kotibi Yevropa taşqi işlar vazirlari bilan muloqotida Eron yadroviy kelişuvi "köp tomonlama diplomatiyaning asosiy muvaffaqiyati" ekanligini bildirgan.

Bundan taşqari, Vaşington sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo taklif qilgan Tehronga qarşi diplomatik sanksiyalar kiritiş töğrisidagi qator qarorlarni ham bekor qiladi. Jumladan, Eron mulozimlarining BMTning Nyu-Yorkdagi boş qarorgohiga borişlariga qöyilgan çeklov olib taşlanadi.

Avvalroq Jo Bayden ma'muriyati yadroviy kelişuvga qaytiş uçun qadam sifatida iqtisodiy sanksiyalarni saqlab qolgan holda Eronning moliyaviy ahvolini yengillaştiriş yöllarini körib çiqayotgani aytilgandi.