Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi davomida kutilmaganda Namangan şahridagi «Bunyodkor» mahallasiga bordi.

Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zidligi, içimlik suvi yöqligi, içki yöllar yomon, atrof obodonlaştirilmagani, mahalla idorasining özi ham xarobligi, bino orqasida çiqindilar yotgani qayd etib ötilgan.

Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatçisi bilan muloqotda böldi.
«Sizlar odamlarni uyuştirişingiz, boşqalarga örnak bölişingiz kerak. Şu mahallaning egasi-ku sizlar! Mömin-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa böladimi? Çiqindini tozalatib qöysa böladimi? Devorni oqlasa böladimi? Şunga köp narsa kerakmi? Biz mahallaga şunça e'tibor qaratyapmiz, katta vakolatlar beryapmiz. Bu holatda qanday islohotçi bölasizlar, odamlarni qanday ergaştirasizlar?», deya savollar qöydi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident mahallaga taşrif çoğida yöllarning holati yomonligi, obodonlaştiriş işlari amalga oşirilmagani uçun Namangan şahri hokimi Olimjon Isayevga, şahar prokuroriga va mahalla raisiga tanbeh berdi.


«Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda ötiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yaşaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz.
Qaçon odamlarning dardi bilan yaşaysizlar? Isayev, qança vaqt böldi hokim bölganingga? Heç bölmasa devorlarni oqlatib, hovlilarni tozalatib qöysang bölardi-ku?
Men Farğonaga borganimda xulosa çiqarmadinglarmi?», degan prezident.

Şu yerga töplangan aholi bilan ham muloqot böldi. Nuroniylardan biri mahallada içimlik suvi, tabiiy gaz, işlab çiqariş korxonasi yöqligini, yöllar ta'mirga muhtojligini aytdi.










