Dunyoning birinçi raketkasi Jokoviç finalning faqat birinçi setida qiyinçilikka duç keldi va taybrekda ğalaba qozondi. Keyingi ikki setda esa serbiyalik tennisçi osonlik bilan ğalabani ta'minladi: 6:2, 6:2. Şu tariqa Jokoviç 9-marta Avstraliya oçiq çempionatida ğolib böldi.
Bu Jokoviçning «katta dubulğa» turkumidagi musobaqalarda qölga kiritgan 18-ğalabasi böldi. Bu borada serb faqat Rojyer Federer va Rafael Nadaldan ortda qolmoqda. Bu ikki tennisçi 20 marta «katta dubulğa» toifasidagi turnirlarni yutgan. Bugun Jokoviç yirik musobaqalardagi 101-sovrinini qölga kiritdi. U 83 marta masters turkumidagi musobaqalarda ham ğalaba qozongan.

Rossiyalik Daniil Medvedev oxirgi yillarda tennis olamidagi eng yorqin kaşfiyot deb baholanmoqda. U ötgan mavsumda yilning yakunlovçi masters musobaqasida ğolib bölgandi. Öşanda rossiyalik tennisçi yarimfinalda Jokoviçni yenggan. Medvedevning hisobida masters turkumidagi 9 ta musobaqa ğolibligi bor. 25 yoşli sportçi ikki marta «katta dubulğa» turkumidagi turnir finaliga çiqqan. Medvedev bugungi raqibi Jokoviç uçun ham noqulay raqib hisoblanardi. U oxirgi törtta özaro öyinning uçtasida serbni mağlub etgan. Avstraliya oçiq çempionati finali Medvedevni dunyo reytingida uçinçi öringa olib çiqdi.
Medvedev «Australian Open» yakkalik bahslarida ğolib bölgan törtinçi rossiyalikka aylanişi mumkin edi. Ungaça Yevgeniy Kafelnikov (1999), Marat Safin (2005 yil) va Mariya Şarapova (2008) yilning ilk «katta dubulğa» musobaqasi hisoblangan «Australian Open»ni yutgan.

Jokoviç «Australian Open»ning bu yilgi musobaqasini eng köp eys qilgan tennisçi bölib yakunladi. U yettita öyinda 103 ta eysni amalga oşirdi. Finalda Medvedev serbga bunday imkoniyatni atigi uç marta berdi va özi 6 marta eys qildi. Biroq Jokoviçda birinçi zarbadan keyin oçko yutib oliş samaradorligi yuqori böldi. Şuningdek, serb yuzaga kelgan 11 ta breyk pointdan 7 tasini yutib, katta ustunlikni ta'minladi. Jokoviç final davomida rossiyalik raqibining eng nozik jihatiga bosim qildi: Medvedev orqa çiziqdan forxendlarni samarali amalga oşira olmagani sabab Jokoviç uni törga yaqinlaştirmaslikka harakat qildi va olis burçakka berilgan zarbalari bilan ustunligini mustahkamladi. Şuningdek, serb raqibi çap tomonidan kelgan zarbalarga yaxşi qarşilik qila olmasligini ham töğri anglab, bosim qildi.
Jokoviç juda yuqori temp taklif qilmadi va raqibini doimiy tördan olisda uşladi. Uzun zarbalarda oqsaydigan Medvedev esa köp marta forxend amalga oşirganda töpni autga yoki törga urib, serbga oçko sovğa qildi. Mutaxassislarning fikriça, Jokoviç finalni taktik ustunlik bilan osonlikça yutib oldi.


















