Prezident Şavkat Mirziyoyev Namanganga taşrifi çoğida şaharning «Bunyodkor» mahallasida bölib, u yerdagi infratuzilma uçun mas'ullarni tanqid qilgandi.
Ertasiga viloyat hokimi Şavkat Abdurazzoqov şu mahallaga köçib ötişini e'lon qildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, ayni paytda mahallani obodonlaştiriş işlari boşlanib ketgan.

«Har kuni özim şu yerda bölaman. Uyim şu mahalla idorasining röparasida böladi. Bugun konteyner örnatiladi. «Viloyat hokimining uyi» deb katta qilib yozib qöyaman. Şu yerga kelib, nima gap bölsa, [murojaat qilişinglar mumkin].
Mahalla raisini ham almaştiraman. Mahalla raisligiga tuşungan, kelajakda hokim böladigan bolalarni qöyaman. Çunki mahalla raisi qaysi masala qanday hal etilişini bilişi kerak: yöl qayerdan hal böladi, suv qanday hal böladi, maktabni qanday yaxşilaş kerak, qanday qilib işlab çiqariş qilsa böladi... Yonimda turadigan odam bölişi kerak», – dedi Şavkat Abdurazzoqov 20 fevral kuni aholi oldidagi çiqişida.


Ayni paytda mahallada yerlarni tekislaş, elektr tarmoqlari tortiş, obodonlaştiriş işlari boşlangan. Mahallaga toza içimlik suvi keltiriladi.
Viloyat hokimligi uzoq yillar davomida foydalanişda bölgan çiqindixona yopilişi, mahalla idorasi esa qayta qurilişini ma'lum qildi.
















