Kelajakka nazar

Airbus va Air France-KLM kompaniyalari va ADP aeroportlar guruhi Parij aeroportlarida «vodorod tugunlari» deb atalmiş loyihalarni amalga oşirişga kirişdi. Choose Paris Region agentligi kömagi bilan xalqaro tanlov e'lon qilindi. Tanlov vodorodda uçuvçi kelajak samolyotlarini töldiriş uçun aeroport ekotizimini yaratişga qaratilgan.

Airbus kelajak barqaror aviatsiyasining körinişini amalga oşiriş va ifloslanişsiz parvozlarni tijoriy yölga qöyiş uçun qat'iy qarorga kelgan.

«Vodorodli dvigatellar kelajagi eng porloq texnologiyalardan biri. Bu maqsadlarimizga erişişda yordam beradi, biroq buni yakka özimiz uddalay olmaymiz. Bu inqilob ham bizning nazorat qiluvçi va butun dunyodagi infratuzilmaviy ekotizimlar özgarişini talab qiladi. Aeroportlar bugundanoq bunday özgarişning ta'minlanişida muhim rol öynaşlari şart va biz oçiq innovatsiyalar taşabbusi ijodiy loyihalar va yeçimlarga turtki bölişiga umid qilamiz», deya bayonot bergan Airbus’ning texnik masalalar böyiça vitse-prezidenti Jan-Bris Dyumon.

Özi nimalar bölyapti va biz qaçon vodorodda uça olamiz? Aslida bu kabi jiddiy infratuzilmaviy özgarişlar keyingi 5-10 yil içida sodir bölmaydi. Parij aeroportlarining qayta jihozlanişi Airbus va Air France KLM’ning vodorodli dvigatellarga ötişga bölgan strategik maqsadlarini aniq bayon qiladi.

2020 yilda Airbus kompaniyasi ZeroE loyihasi doirasida konsepsiyasi işlab çiqilayotgan uç ekologik samolyotni namoyiş qildi. 2035 yilga borib esa, vodorod dvigatelli kiçik fyuzelajli avialayner işlab çiqiladi.

Rasman vodorodda uçuvçi ilk samolyotning tijoriy parvozi bölib ötgan. Ötgan yilning sentyabrida vodorod yoqilğisi bilan uçuvçi M-klassdagi Piper samolyoti Buyuk Britaniya uzra 20 daqiqa uçib ötgandi. Bu voqea yangi dunyo rekordi emas, biroq vodorod texnologiyalarini işlab çiqişda muhim qadam bölgan. Vodorodda uçuvçi samolyotning ilk muvaffaqiyatli parvozi 2016 yili Germaniyaning Ştutgart şahrida bölgan. Sinovlarga möljallangan HY4 samolyotining namunasi Germaniya aerokosmik markazida yaratilgan va tijoriy parvozlarga da'vo qilmagandi.

Vodorodli transportlar tuguni

Tanlov şartlariga muvofiq, aeroportlar örtasida suyuq va gazsimon vodorodni saqlaş, taşiş va taqsimlaş vositalari taşkil qilinadi. Suyuq vodorodni quyiş jarayonida tarqab ketgan gazsimon vodorodni töplaş va karbonsizlangan vodorodni işlab çiqariş jarayonida keraksiz qismni ajratib oliş maqsadida yopiq aylanani taşkil qiliş majburiydir.