Apple 2016 yildan buyon ilk bor yilning törtinçi çoragida smartfon sotiş böyiça reytingda birinçi öringa kötarildi. Bu haqda Gartner tadqiqot kompaniyasi xabar berdi.

Qayd etilişiça, Apple 2020 yilning sönggi çoragida qariyb 80 mln dona smartfon sotgan. Kompaniyaning bozordagi uluşi 20,8 foizni taşkil etgan. 

Samsung yetakçilikni boy berdi va ikkinçi öringa tuşdi. Kompaniya törtinçi çorakda 2019 yil oxiridagiga nisbatan 12 foizga kam smartfon sotgan. Samsung 62 mln dona qurilma sotdi – uning bozordagi uluşi 16,2 foizga teng böldi.

Uçinçi va törtinçi örinlar Xiaomi va Oppo kompaniyalariga nasib etdi. 

Huawei beşinçi öringa tuşib qoldi. Uning smartfon sotiş hajmi 2019 yildagiga nisbatan 41 foizga kamaygan. Kompaniya AQŞ sanksiyalari ostiga tuşgan, natijada Google servislaridan mahrum böldi. Huawei öz ilovalar dökonini rivojlantirmoqda, ammo bozordagi uluşini yöqotmoqda. Kompaniya 2013 yildan buyon birinçi marta yuqori törttalikni tark etdi.