Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasini boşqariş transport vaziri Ilhom Rustamoviç Mahkamovga yuklatildi. Kun.uz manbalariga köra, endilikda u bir vaqtning özida ikkita lavozim egasi sanaladi.

Ilhom Mahkamov / Foto: Oliy Majlis Qonunçilik palatasi

Bugun kunning birinçi yarmida parlament deputatlari Mahkamov nomzodini transport vaziri lavozimiga ma’qulladi. U 5 oydan buyon vazir vazifasini bajaruvçi sifatida işlab kelayotgandi.

Şuningdek, boş vazir Abdulla Aripov bugun, 22 fevral kuni Ra’no Frunzevna Jörayevani Uzbekistan Airports'ning yangi rahbari sifatida taniştirgan. Bu haqda kompaniya kuzatuv kengaşi a’zosi Aziza Umarova Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ra’no Jörayeva / Foto: TsENKI

Ikki kompaniya rahbariyatidagi özgarişlar yuzasidan Kun.uz boğlangan Transport vazirligi matbuot kotibi Navröz Aşurmatov ayni paytda bu tayinlovlar rasman tasdiqlanmaganini bildirdi.

  • «Uzbekistan Airports» AJni u taşkil etilgan 2019 yildan buyon Ravşan Ismoilov boşqarib kelayotgandi.
  • «Uzbekistan Airways» AJ raisi lavozimini 2018 yil yanvaridan buyon Baxtiyor Hakimov egallab keldi. Bir yil oldin uning lavozimiga loyiqligi masalasi körib çiqilişi aytilgandi.

Ma’lumot uçun, asli toşkentlik Ra’no Jörayeva uzoq yillar Rossiyada aviatsiya sohasida rahbarlik lavozimlarida işlab kelayotgandi. U 1986 yilda Moskva aviatsiya institutida aspiranturani tamomlab, uçuvçisiz apparatlar uçişi dinamikasi hisob-kitoblariga bağişlangan dissertatsiya yoqlagan. Butunrossiya taşqi savdo akademiyasida xalqaro iqtisodiy munosabatlardan tahsil olgan. Moliyaviy menejment strategiyasi böyiça Harvard biznes-maktabi bitiruvçisi.