Transport sohasi rahbarlari «v.b». bo‘ldi, Uzbekistan Airways rahbari lavozimidan ozod etilishi mumkin
Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari lavozimdan ozod etildi va vazifa bajaruvchi bo‘ldi. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
29 yanvar kuni O‘zbekiston hukumatining «Ayrim rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga muvofiq, transport sohasidagi ishlar yetarli darajada tashkil qilinmaganligi va mutasaddi rahbarlarning shaxsiy mas'uliyatini yanada oshirish maqsadida:
- Ilhom Rustamovich Mahkamov transport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
- Davron To‘lqinovich Dehqonov transport vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib;
- Abdurahmon Abdullayevich Abduvaliyev transport vazirining o‘rinbosari – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etilib, vazirning o‘rinbosari - Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib;
- Tolib Egamberdiyevich Uljayev Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining direktori lavozimidan ozod etilib, ushbu agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib;
- Doniyor Baxtiyorovich Ahmedov Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib;
- Faxriddin Muhiddinovich Salihov Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i lavozimidan ozod etilib, mazkur inspeksiya boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» va «Uzbekistan Airways» AJlar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining navbatdan tashqari majlisida Xusniddin Nuriddinovich Xasilovni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi lavozimidan ozod etib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlash, «Uzbekistan Airways» AJ boshqaruvchisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Ibragimovich Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni transport tizimini samarali tashkil etish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda hanuz birorta xorijiy aviakompaniya jalb qilinmaganiga e'tibor qaratgan, turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda samolyot chiptalari narxi qimmatligini tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
16:05 / 17.12.2024
Uzbekistan Airways va Silk Avia monopolistlar ro‘yxatiga kiritildi
20:50 / 28.04.2021
Styuardessalarga o‘zbek tilida chiroyli gapirish talabi qo‘yiladi - Ilhom Mahkamov
14:14 / 20.04.2021
Uzbekistan Airways 9ta davlatga reyslarni yopadi. Ular «norentabel» deb topilgan
11:21 / 29.03.2021