Parlament xabariga köra, majlisda deputatlar transport vaziri lavozimiga Ilhom Mahkamov nomzodini körib çiqdilar.

Xalq vakillari tomonidan Ilhom Mahkamov nomzodi ma'qullangani aytiladi.

Hukumatning 2020 yil 30 oktabr kungi 670-son qarori bilan Ilhom Mahkamovga Özbekiston transport vaziri vazifasini bajariş yuklatilgandi.

Özbekiston transport vaziri lavozimi ötgan yilning avgust oyidan beri böş turgandi.
 
2020 yil 5 avgust kuni prezidentning tegişli farmoni imzolangan. Unda Elyor Ğaniyev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani aytilgan.

Elyor Ğaniyev 2020 yilning fevralida Oçilboy Ramatov örniga Transport vaziri bölgandi.