Prezident “Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qöriqlaş boş boşqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Milliy gvardiya qöriqlaş xizmatini Milliy gvardiya Qöriqlaş boş boşqarmasi etib qayta taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar Qöriqlaş boş boşqarmasining asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • şartnoma asosida davlat obektlari, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini, şuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlarning diplomatik, konsullik va boşqa vakolatxonalarini qöriqlaş;
  • qöriqlanayotgan obektlarda içki, ruxsat beriş rejimlarini hamda jamoat tartibini ta'minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va bartaraf etiş;
  • qöriqlaş vositalari va tizimlarini qöllaş sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalaniş ustidan samarali nazoratni ta'minlaş, şuningdek, qöriqlaş faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etiş;
  • şartnoma asosida texnik qöriqlaş vositalarini örnatiş (sozlaş), ularga texnik xizmat körsatiş va ekspluatatsiya qiliş;
  • davlat taşkilotlari, şuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarga tegişli qöriqlaş bölinmalarida inspektorlik nazorat tekşiruvlarini ötkaziş (huquq-tartibot organlari va harbiylaştirilgan tuzilmalardan taşqari), obektlarda içki, ruxsat beriş rejimlariga rioya etilişiga doir tadbirlarni nazorat qiliş va muvofiqlaştiriş;
  • ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta'minlaşda iştirok etiş, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlaşda huquq-tartibot organlariga kömaklaşiş.

Belgilanişiça, Qöriqlaş boş boşqarmasi mustaqil tarkibiy bölinma hisoblanadi hamda öz vakolatlari doirasida davlat obektlari, öta muhim, toifalangan va boşqa obektlarni, jismoniy va yuridik şaxslarning mol-mulkini qöriqlaş böyiça vazifalar va funksiyalarni körsatilayotgan qöriqlaş xizmatlari uçun tuşadigan mablağlar hisobiga, özini özi mablağ bilan ta'minlaş, xarajatlarni qoplaş va mustaqil xöjalik yuritiş tamoyili asosida amalga oşiradi.

Şunday tartib belgilanadiki, unga köra:

a) Qöriqlaş boş boşqarmasining şahodatlangan tarkibi Milliy gvardiyaning xodimlari hisoblanadi, huquqiy maqomi böyiça içki işlar organlari xodimlariga tenglaştiriladi;