Harbiy hokimiyat namoyişçilarni xavfli yölga qadam taşlaşganidan, ularning xatti-harakatlari qurbonlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Yakşanba kuni politsiya bilan töqnaşuvlar vaqtida kamida ikki kişi halok bölgandi.
«Namoyişlarni muvofiqlaştiruvçilar odamlarni ular halok böluvçi jarlikka itarmoqda», degan MRTV telekanali boşlovçisi. Harbiylar nazoratidagi OAV fuqarolarni isyon va anarxiyadan qaytişga çaqirmoqda.

Namoyişçilar harbiy rahbariyatdan hokimiyatdan ketişni va Myanma rahbari Aung San Suu Ki va «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi rahbariyatini zudlik bilan ozod etişga çaqirgan.

Su Ki import va eksport töğrisidagi qonunni buzişda, şuningdek, favqulodda vaziyatlar töğrisidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda.
Mamlakatning yangi rahbariyatiga xalqaro hamjamiyat bosim ötkazmoqda.
The "Two Five" general strike against the military rule on 22.2.2021 are growing hour by hour in the downtown Yangon marked by ancient Sule Pagoda. #2Fivegeneralstrike #WhatIsHappeningInMyanmar pic.twitter.com/ClwDvxk36q
— Myanmar Now (@Myanmar_Now_Eng) February 22, 2021
Mamlakatning barça yirik şaharlarida namoyişlar bölib ötmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlardan köriş mumkinki, aksiyalarda juda köp sonli kişilar iştirok etişmoqda, ular bayroqlarni silkitib, harbiylarga qarşi şiorlarni baralla aytişmoqda.
Thousands gathering at Sule downtown, which had been blocked off by police on Friday and Saturday pic.twitter.com/OtJayeklxR
— Andrew Nachemson (@ANachemson) February 22, 2021
Frontier naşri muharriri Tompson Çauning sözlariga köra, namoyişlar kölami kundan kunga kengayib bormoqda - katta yöllar tösib qöyilmoqda, dökonlar yopib qöyilgan.













