Bugun, 23 fevral kuni BMTning bolalar jamğarmasi (YUNISEF) Toşkent şahridagi «Milliy» stadionida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati uçun 17ta muzlatkiçli yuk maşinasi va 206ta Miniven-Labo avtomobillarini topşirdi.

Şu munosabat bilan ötgan marosimda boş vazir örinbosari Behzod Musayev, Soğliqni saqlaş vaziri Abduhakim Hojiboyev, YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade va boşqa mas'ullar iştirok etişdi.

Taqdim etilgan transport vositalarining umumiy qiymati 2 million AQŞ dollarini taşkil etadi. Uşbu mablağ Vaksinalar va immunizatsiya böyiça global alyansi (GAVI) tomonidan soğliqni saqlaş tizimini mukammallaştiriş doirasida ajratildi. 

«Oldimizda katta mas'uliyatli vazifa turibdi. U ham bölsa, aholining tegişli qatlamini koronavirus kasalligiga qarşi emlaş. Vaksinatsiya borasida yetarli tajribaga ega bölsak-da, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlarga koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş kunlarini ötkaziş böyiça tayyorgarlik tadbirlarida amaliy-uslubiy yordam körsatiş maqsadida mutaxassislar biriktirdik, emlaş tadbirlariga jalb etilgan tibbiyot xodimlarining malakasini oşirdik, ularga maslahat, amaliy-uslubiy yordam körsatiş işlari tizimli ravişda olib borilmoqda.

Öylaymanki, hozirda bu borada yaratilayotgan qöşimça imkoniyatlar albatta öz samarasini beradi va uşbu sinovli kunlardan biz mardonavor ötamiz hamda oldimizga qöyilgan koronavirus pandemiyasini yengişdek murakkab vazifani yoruğ yuz bilan ado etamiz», degan Soğliqni saqlaş vaziri.

Tadbirda sözga çiqqanlar vaksinalarni ma'lum bir haroratni saqlagan holda taşiş juda muhimligini, buning uçun maxsus avtomobillar topşirilişi esa sovuqlik zanjiri va logistika infratuzilmasini yanada mustahkamlaş hamda vaksinalarni mamlakat böylab xavfsiz va tezkor taşişga hissa qöşişini ta'kidlaşgan. 

Şuningdek, Covid-19’ga qarşi vaksinalarni işlab çiqariş va yetkazib beriş jadal olib borilayotgan hozirgi davrda ularni adolatli taqsimlaş muhim ahamiyat kasb etişi alohida qayd etilgan.