Yanvar oyi oxirlarida Janubiy Afrika Respublikasi 1,5 million dozada AstraZeneca vaksinasiga buyurtma bergandi. Vaksinaning har bir dozasi afrikaliklarga 5,25 AQŞ dollariga tuşgani aytiladi. Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga sotilayotgan narxdan ikki barobardan qimmatroq – AstraZeneca Qöhna qit'aga vaksinasining bir dozasini 2,15 dollardan sotyapti.

Yevropa Ittifoqiga sotilayotgan vaksina narxlarini Belgiyaning budjet va iste'molçilar bilan işlaş böyiça federal davlat kotibi Eva de Bleyeker öz tvitter sahifasi orqali beixtiyor e'lon qilib yuborgan va vaksina işlab çiqaruvçilarning bunday ma'lumot konfidensial xarakterga ega ekani haqidagi e'tirozlaridan keyin tvit darhol öçirilgan. Lekin çaqqon foydalanuvçilar skrin olişga ulgurişgan.

Janubiy Afrika Respublikasi rasmiysi Anban Pillayning aytişiça, hukumatga 5,25 dollar Jahon banki tasnifi böyiça örtaçadan yuqoriroq kirimga ega mamlakatlar uçun ulgurji narx deb aytilgan. «Boşqa davlatlarga vaksinalar arzonroq berilişi sababini preparat işlab çiqişga sarmoya kiritilgani bois çegirma berilişi bilan izohlaşdi», deydi Pillay.

Bu prinsip «katta öyinçilar»ga nisbatan ham qöllangan. Yevropa Ittifoqi BioNTech va Pfizer kompaniyasini moliyaviy tomondan dastaklagani uçun vaksinani AQŞdan arzonroq olyapti – Yevropaga 14,7 dollar, AQŞga 19,5 dollar. Moderna vaksinasi esa AQŞ hukumati tomonidan moliyalaştirilgani bois amerikaliklarga 15 dollardan, Yevropaga 18 dollardan şartnoma tuzilyapti.

AstraZeneca vaksinasi esa ança arzonroq. Dozasi 2,15 dollar deyilganiga qaramay, Yevroittifoq 3, AQŞ 4 dollardan tölaşi kutilmoqda.

3-faza natijalari e'lon qiliniş arafasida turgan Johnson & Johnson vaksinasi ham birmunça arzon – 8,5 dollar atrofida turadi. Boşqa vaksinalardan farqli ölaroq, bu preparat bir dozada olinadi.

AstraZeneca va Johnson & Johnson pandemiya davrida foyda qilmasliklarini e'lon qilişgan. Moderna va Pfizer esa bunday bayonot berişmadi. AstraZeneca pandemiya nihoyasiga yetgaç, preparatdan foyda qiliş huquqini saqlab qoladi.

«Vaksina narxlari emlaş kampaniyasining bir omili, xolos. Buyuk Britaniya vaksinatsiya dasturiga ajratgan 11,7 millard funt sterlingning 2,9 milliardi beş xil turdagi 267 million vaksina sotib oliş uçun ajratilgan», deyiladi Milliy Audit idorasi bayonotida