5-sinfdan boşlab 11-sinfga qadar yagona sinf rahbarini tayinlaş böyiça Nizom joriy etildi. Yangi Nizomga köra, 5-sinfdan boşlab 11-sinfga qadar yagona sinf rahbari tayinlaş yölga qöyiladi va barça maktablarda sinf rahbarlari quyidagi umumiy talablarga javob berişi lozim:
- kamida 3 yillik pedagogik iş stajiga ega bölişi;
- maktabda töliq stavkada aosiy işçi sifatida faoliyat yuritişi;
- bölinib öqitiladigan fanlardan dars bermasligi;
- odob-axloqi va xulqi bilan öquvçilarga şaxsiy namuna böla olişi;
- ruhiy jihatdan barqaror bölişi;
- öquvçilar bilan işlaş jarayoniga mas'uliyat bilan yondaşa olişi.
Şuningdek, qabul qilingan yangi nizomga muvofiq, sinf rahbarlarining:
- amaldagi hujjatlari soni optimallaştirildi;
- faoliyatini baholaş mezonlari yaratildi;
- malaka oşiriş kurslari işlab çiqildi;
- ota-onalar bilan işlaş tizimi takomillaştirildi.
Vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamova Kun.uz muxbiriga ma'lum qilişiça, sinf rahbari oilaviy şaroitiga yoki boşqa sabablarga köra iş joyini özgartirgan holatlarda maktab direktori tomonidan u rahbarlik qilayotgan sinfga boşqa sinf rahbari tayinlanadi.
«Agar ota-onalar tomonidan sinf rahbarining faoliyatiga e'tirozlar mavjud bölsa, sinf öquvçilarining ota-onalari maktab direktori nomiga sabablarni ma'lum qilgan holda murojaat qilişadi. Direktor ota-onalarning murojaatida keltirilgan ma'lumot va real vaziyatga baho bergan holda sinf rahbari bilan suhbatlaşadi, bordi-yu vaziyat barqarorlaşmasa, u rahbarlik qilayotgan sinfga belgilangan mezonlar asosida boşqa sinf rahbarini tayinlaydi», deydi Laylo Rustamova.
Qayd etilişiça, amalga oşirilayotgan uşbu özgarişlardan kutilayotgan asosiy natijalar:
- sinf rahbarlarining öquvçilar tarbiyasiga ta'siri sezilarli ravişda oşişi;
- 5-sinfdan 11-sinfgaça yagona sinf rahbarining biriktirilişi natijasida sinfdagi ijtimoiy muhitni soğlom ravişda uşlab turiş imkoni;
- ota-onalar tomonidan öz farzandlarini ta'lim-tarbiya jarayoniga nisbatan qiziqişining ortişidir.










