23 fevral kuni Namangan viloyat hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov boşçiligida faollar yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga köra, hozirga qadar viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi bölib işlab kelgan Şuhrat Musayev viloyat hokimining örinbosari — Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.

Şuhrat Musayev 1973 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1996 yilda Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1996 yilda viloyat «Istiqbolstat» boş boşqarmasi mutaxassisligidan boşlagan.
2000—2017 yillarda viloyat «Iqtisodstat» boş boşqarmasi bölim boşliği, viloyat Iqtisodiyot boş boşqarmasining umumiqtisodiyot kompleksini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği, viloyat hokimligi referenti, boş mutaxassisi, kotibiyat mudiri, axborot-tahlil guruhi rahbari vazifalarida faoliyat yuritgan.
U 2017 yildan şu kunga qadar viloyat kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi raisi lavozimida işlab kelayotgandi.
Şuhrat Musayev viloyat hokimining 2021 yil 23 fevraldagi qarori bilan viloyat hokimining örinbosari — Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni asosida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va viloyat boşqarmalari taşkil etilgandi. 2020 yil 21 fevralida vazirlikning Namangan viloyati boşqarmasida Musoxon Pölatoviç Oppoqov iş boşlagandi. U viloyat hokimi örinbosari — Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmasi boşliği hisoblanardi.








