Xalq deputatlari Namangan şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida deputatlarga yangi prokuror taniştirildi. 

Xurşid Odilov / Namangan viloyati hokimligi

Xurşid Odilov 1981 yili Andijon viloyatida tuğilgan. 2004 yilda Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

2004–2018 yillarda Paxtaobod va Asaka tumanlari prokuraturasida, Andijon viloyat prokuraturasida faoliyat yuritgan, Uluğnor tumani prokurori bölgan. 

U 2018 yildan hozirga qadar Namangan viloyatining Çust tumani prokurori lavozimida işlab kelayotgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifi doirasida 19 fevral kuni Namangan şahrining «Bunyodkor» mahallasida xarob ahvolda yotgan tayanç punkti binosi uçun şahar sektor rahbarlari - şahar hokimi Olimjon Isayev va şahar prokurori Bahromjon Yöldoşevga tanbeh bergandi.

«Bu nima ahvol? Işçi joy, investitsiya, balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Musorni olib taşlab, bu yerni oqlasa böladimi? Bu yerni tartibga keltirişga vakolatingiz borku. Şu yerda tört yil prokuror bölib işlading. Nimaga qilmaysan? Mayli, mahalla raisining dunyoqaraşini keyin muhokama qilamiz. Odamlar bilan qanday uçraşyapsan? Janob prokuror, polkovniksan oğayni. Ikkoving ham noinsofsan, sen va hokim…», degandi prezident.

Xurşid Odilov esa prezidentning viloyatga taşrifi davomida undan maqtov eşitgandi.

«Çust prokurori meni tuşunyapti, mening tilimda gapiryapti. Şunday xodimlar borligidan xursandman», degandi Şavkat Mirziyoyev xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi davomida.

Bundan oldinroq Namangan şahri hokimi Olimjon Isayev işdan olinib, uning örnini Toşkent şahri hokimi örinbosari Ğofir Jamolov egallagani