Bugun, 23 fevral kuni Xalq deputatlari Uyçi tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirişdagi muammolar muhokama qilindi va taşkiliy masala körildi.
Viloyat hokimi Şavkatjon Abdurazzaqov tuman hokimligiga Muhammadzokir Mamatxonov nomzodini taklif qildi. Deputatlar va faollar nomzodni ma'qulladi.
Muhammadzokir Mamatxonov 1974 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tuğilgan. 2006 yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012 yilda Prezident akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.
U 1998–2016 yillarda Pop, Çust, Norin tumanlari, Namangan şahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uyçi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.
2016–2017 yillarda Yangiqörğon tumani hokimi bölgan. 2018 yildan Namangan viloyat Bandlik boş boşqarmasi boşliği sifatida işlagan.
U 2020 yilning yozida Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi boşliği lavozimiga tayinlangandi.
- Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 fevral kuni Namangan şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Uyçi tumani «törtligi» işdan olingandi. Prezident Şavkat Mirziyoyev yöl qöyilgan kamçiliklar, tuman iqtisodiy körsatkiçlari yaxşilanmagani, topşiriqlarni bajarmagani uçun Uyçi tumanining törtta sektor rahbari - tumanga 2018 yil avgustidan buyon hokimlik qilib kelgan Muhammadayubxöja Apaqov, şuningdek, tuman prokurori Uluğbek Nomanov, içki işlar bölimi boşliği Avazbek Xöjaxonov va davlat soliq inspeksiyasi boşliği Adhamjon Mahmudovni işdan olişga körsatma bergandi.
Uyçi tumani «törtligi»ning işdan olinişi aks etgan yangi lavhalar e'lon qilindi








