Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keladi. Bu haqda Qirğiziston taşqi işlar vazirligi saytida xabar qilingan.
2021 yil 22 fevral kuni videokonferensaloqa şaklida Qirğiziston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Nuran Niyozaliyev va Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Farhod Arziyev ikki mamlakat örtasidagi qonunçilik bazasining inventarizatsiyasi böyiça muzokaralar ötkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar Qirğiziston prezidenti Sadir Japarovning Özbekistonga rasmiy taşrifiga tayyorgarlik köriş va uni amalga oşiriş hamda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qirğizistonga bölajak amaliy taşrifi mavzusiga alohida e'tibor qaratdilar.
Sadir Japarovning Özbekistonga taşrifi qaçon amalga oşirilişi haqida aniq ma'lumot berilmagan. 24 fevral kuni Qirğiziston prezidenti Rossiyaga birinçi xorijiy taşrif bilan yöl oldi.
Bundan taşqari, vazir örinbosarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yönalişlari va istiqbollari töğrisida fikr almaşdi, mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar doirasida özaro aloqalarni yanada mustahkamlaş masalalarini muhokama qildi.












