Qayd etilişiça, Toşkentda töplanadigan çiqindilar yildan yilga oşib bormoqda va prognozlarga köra, 15 yildan keyin uning hajmi ikki barobar oşadi. Uşbu vaziyatda yagona yeçim – çiqindilarni qayta işlaş bölib, buning uçun uni saralaş lozim. 2019 yilda Yakkasaroy tumanidagi mahallalardan birida çiqindilarni saralab, töplaş böyiça birinçi loyiha amalga oşirildi. 

Prezidentning 2020 yil 15 dekabrdagi “Toşkent şahrida maişiy va quriliş çiqindilari bilan boğliq işlarni amalga oşirişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-4925 sonli qaroriga muvofiq, qattiq maişiy çiqindilarni (QMÇ) töplaş, saralaş va olib çiqib ketiş xizmatlarini taşkil etiş sohasida xususiy sektor uluşini 100 foizga yetkaziş közda tutilgan. 

Joriy yilda QMÇni saralagan holda töplaş har bir tumandagi ikkita mahallada – jami 24ta mahallada joriy etiladi. Uşbu mahallalar aholisiga rangli paketlar beriladi. Sariq paketlar – qayta işlanadigan çiqindilar (qoğoz va plastik), yaşil paketlar – organik çiqindilar (oziq-ovqat qoldiqlari, barglar, ötlar), kulrang paketlar esa qayta işlanmaydigan çiqindilar (oyoq kiyimlari, salfetkalar, pamperslar) uçun möljallangan.

Çiqindilarni olib ketiş uçun haftasiga ikki marotaba rangli yaşil va kulrang-sariq stikerli maşinalar keladi (yozda köproq keladi). Uşbu maqsadda “Maxsustrans” OTTB grant mablağlari hisobidan 59ta yangi maxsus maşinalarni xarid qildi va ularga hozirgi kunda stikerlar yopiştirilmoqda. Saralagan holda çiqindilarni yiğişni rağbatlantiriş maqsadida oilalarga QMÇni olib çiqiş uçun tölov tarifi pasaytiriladi.

Tajriba uçun tanlangan mahallalar aholisiga QMÇni saralaş zaruriyati haqidagi axborotni yetkaziş tadbirlari körib çiqilmoqda. Maktablar va mahalla qömitalarida ma'ruzalar, darslar, konsertlar va kiçik haşarlar taşkil etilişi kutilmoqda.