«Özbekiston temir yöllari» AJ sönggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan, Ugom-Çotqol milliy tabiat boği hududidagi dam oliş maskani haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Kompaniya bu haqdagi ma'lumotlarni «asossiz va noxolis» deb atagan.
Bayonotda aytilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2010 yildagi qaroriga asosan, Ugom-Çotqol milliy tabiat boği tasarrufidagi «Şovvozsoy» örmon xöjaligi yerlari «Özbekiston temir yöllari» kompaniyasiga temiryölçilar va ularning oila a'zolari, kompaniyaning xorijiy hamkorlari, mamlakat aholisi va çet ellik sayyohlar uçun zamonaviy ekoturizm maskanini barpo etiş va mavjud ekotizimni saqlab qoliş maqsadida ajratilgan.

«Bu yerda 2011 yildan boşlab, ya'ni 10 yil davomida bosqiçma-bosqiç quriliş va bunyodkorlik işlari olib borilgan. Barça investitsiyalar temir yöl kompaniyasining budjetdan taşqari mablağlari, jumladan daromadlari hisobidan amalga oşirilgan», – deyiladi bildirişda.
Qayd etilişiça, ötgan ön yil davomida dam oliş maskani qurilişiga sarflangan investitsiyalar hajmi 495 milliard sömni taşkil etgan.
«Şu bilan bir qatorda, milliy boğ hududida tabiat va hayvonot olamini saqlaş va rivojlantiriş uçun zarur infratuzilmalar yaratildi, obektgaça elektr tarmoqlari tortildi, avtomobil yöli va kiçik suv ombori barpo etildi.




Ayni paytda «Özbekiston temir yöllari» AJ tasarrufidagi «Nazarbek», «Çimyon», «Xojikent», «Omonxona» kabi dam oliş maskanlari, şuningdek «Şovvozsoy» majmuasi ham kompaniyada faoliyat yuritayotgan qariyb 90 ming temiryölçilar va aholimizga sifatli xizmatlarni körsatib kelmoqda.













