Özbekistonning boşqa hududlarini Farğona vodiysi bilan boğlovçi Qamçiq dovonida yuk maşinalari harakatlanişiga ruxsat berildi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar bermoqda.

«Barça haydovçilardan yetarliça past tezlikda, oraliq masofani saqlab harakatlanişlarini söraymiz», deyiladi IIV YHXBB murojaatida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi havo haroratining keskin pasayişi va kuçli qor yoğişi natijasida yöllarda muzlamalar hosil bölayotgani sababli 24 fevraldan 25 fevralga ötar keçasi Qamçiq dovoni yuk maşinalari uçun vaqtinça yopilgani töğrisida ma'lum qilgandi.

24 fevral kuni Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarini boğlovçi Taxtiqoraça dovonida ham avtotransport vositalari harakati vaqtinça töxtatilgandi.  

«Özgidromet» 25 fevral kuni Toşkent şahrida havo özgarib turişi, harorat keçasi 7-9 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja sovuq bölişi haqida xabar qilgan.

«Toşkent» avtovokzali noqulay ob-havo şaroiti sababli 25 fevral sanasidagi Toşkentdan qatnaydigan barça şaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilingani töğrisida ma'lum qilgan.