Samarqandda turmuş örtoğining 35 ming dollar puliga xonadon sotib olib, söng, uni u yerdan sud qarori orqali çiqarib yuborgan şaxs ustidan jinoyat işi oçildi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti ma'lum qilmoqda.

Qayd etilişiça, 2021 yil 20 yanvar kuni 45 yoşli D.U. (ayol kişi) IIBga ariza bilan murojaat qiladi. Arizada yozilişiça, ayolning şar'iy turmuş örtoği 43 yoşli Ş.U. uning işonçiga kirib 2012 yil 21 avgustda Samarqand şahar Buyuk Ipak Yöli köçasida joylaşgan xonadonlardan birini keyinçalik D.U.ning nomiga ötkazib berişni va'da qilib yoş oilalarga beriladigan imtiyozli bank krediti asosida ukasi D.U.ning nomiga sotib oladi.

Şundan söng, Ş.U. ayoldan mazkur xonadon uçun 2013 yildan 2017 yilning dekabr oyigaça 35 ming AQŞ dollarini olib, bank kreditini töliq yopadi. Qarz yopilgandan söng, Ş.U. sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilib fuqarolik işlari böyiça Samarqand şahar sudidan D.U.ni mazkur xonadondan çiqartiriş haqida qarorni oladi va ayolni xonadondan çiqarib yuboradi.

Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.