2020 yilning 20 noyabrida soat 18:00 atrofida Past Darğom tumanidan bölgan şaxs Samarqand şahrining Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan savdo markazi hududida qotillik sodir etgandi. U öz xotinini va u bilan birga bölgan erkakni savdo markazida piçoqlagan, jabrlanganlar ötkir qon yöqotişi natijasida voqea joyida vafot etgandi.
Şu kunlarda mazkur iş yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari yakunlanib, iş sudda körib çiqildi. Jinoyatçi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlari (ikki yoki undan ortiq şaxsni öta şafqatsizlik bilan qasddan öldiriş) bilan aybli deb topilib, 22 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş belgilandi.
Jazo muddati 2020 yil 20 noyabr kunidan boşlab hisoblanişi ma'lum qilindi.









