«Hokimlar mening vakillarim, lekin men «Şodiyona» va «Bunyodkor» mahallalariga borganimdan keyin özimga kela olmayapman. Axir bu davlatga xiyonat!
Hozir Namangan viloyati hokimi mahallaga borib yaşayapti. Har kuni uning yoniga 40-50 nafar ayollar kelişyapti. Çunki ularning muammolari bilan yillar davomida heç kim şuğullanmadi. Xuddi şunday endi boşqa mutasaddilar ham mahallalarga kirib borişlari kerak.
Işlamaganlarni menga ayamay körsatinglar, şaxsan nazorat qilaman. Xuddi özingizning ayolingiz, qizingiz, onangizga bölgan munosabatni öylab köringlar. Olti oy muddat içida mötabar ayollarimizning muammolarini yeçib berib özimizni körsatişimiz şart. Menga raqamlar kerak emas, masalaning yeçimini körsatinglar, xalqni rozi qilinglar», deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Prezident ayni vaqtda Özbekistonda 9 ming ayol noturar joylarda yaşab kelayotganini aytib ötgan.
«Xotin-qizlar muammolarini örganiş va manzilli işlaş maqsadida mutlaqo yangi tizim yaratildi, «ayollar daftari» joriy etildi. Joylarda bevosita 6,4 million ayollar bilan muloqot qiliş orqali 9ta mezon asosida uşbu daftarga 433 ming nafar ayol kiritilib, elektron baza şakllantirildi.
Şundan 253 ming nafari – işsizlar, 44 ming – tibbiy, 48,5 ming – huquqiy va psixologik yordamga muhtojlar, 37 ming – boquvçisini yöqotgan, 33,5 ming – nogironligi bölganlar (şundan 4,5 ming – uy-joyini ta'mirlaşga muhtoj), 9 ming – noturar joyda yaşovçilar, 8 ming – nogironligi bölgan farzandini tarbiyalayotgan yolğiz ayollarni taşkil etadi. Har bir hokim özi uçun yozib olsin – 9 ming ayol noturar joyda yaşab kelyapti», degan davlat rahbari ayollar va qizlarning muammolarini hal qiliş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasiga bağişlangan videoselektorda.
Viloyat hokimliklari 100 nafardan xotin-qizlarning kontraktini tölab beradi – prezident








