Qaşqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ayollar va qizlarning muammolarini hal qiliş va ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş masalasiga bağişlangan yiğilişda eski yotoqxonalarda yaşayotgan ayollarga öşa yotoqxonalarni rasmiylaştirib beriş böyiça taklif kiritdi.

«Noturar joylarda yaşayotgan oilalar muammosi çindan ham bor. Ayniqsa Qarşi şahrida eski yotoqxonalar mavjud. U yotoqxonalarda yaşayotganlarni baribir çiqarib yubora olmaymiz, öz taşkilotlariga ham u binolar endi kerak emas. Öşalarni ta'mirlab, özlariga rasmiylaştirib bersak degan taklif beraman.

Viloyatda salomatlik, soğlom turmuş masalasi ança jiddiy. Ortiqça vazn muammosi böyiça respublikada birinçi örindamiz. Afsuski, aholimizning 27 foizi öta semiz. Yurak nuqsoni bor 74 nafar bola aniqlandi. Ularning operatsiyasi uçun 4 mln sömdan 30 mln sömgaça zarur ekan. Har oy kardiologiya şifoxonasiga 55 mln sömdan ötkazib beradigan böldik va ular bolalarimizni bepul operatsiya qilib berişadi», degan Zoyir Mirzayev.

Prezident Zoyir Mirzayevning takliflarini qöllab-quvvatlagan.

«Yotoqxonalar masalasida boş vazirga taklif kiriting, men roziman. Salomatlik masalasida ham muammolar borligi rost. Men Qaşqadaryoga bejiz e'tibor bermayapman. Hozir respublika böyiça onkologik kasalliklar köpayib borayotgani meni taşvişlantiryapti. Bu masalada alohida farmon ustida işlayapmiz. Oxirgi yillarda bu muammo ança keskinlaşgani ayon bölyapti», degan davlat rahbari.

Bundan avvalroq prezident şu yiğilişda Özbekistonda 9 mingdan ortiq ayollar noturar joylarda yaşab kelayotgani haqida ma'lum qilgandi.