Antarktidadan maydoni 1270 kvadrat kilometrli ulkan aysberg ajralib çiqdi. 

Aysberg Britaniyaning Halley tadqiqot stansiyasi joylaşgan Brant muzligidan ajralgan. Muzlikning qalinligi 150 metrni taşkil etadi.

Muzlikda 10 yil avval yirik yoriqlar paydo bölgandi. Yanvarda eng yirik yoriqlardan birining kengayişi tezlaşdi. Natijada 26 fevralda aysberg muzlikdan ajraldi.

Qayd etilişiça, bu hodisa stansiya uçun xavf solmaydi. Stansiya 2016 yilda qit'aning içkariroq qismiga köçirilgandi. Fevral örtalarida 12 nafar xodimdan iborat guruh stansiyani tark etgandi.