Sönggi yillarda Rossiya hukumatining asosiy tanqidçisi bölgan siyosatçi öldirilgan kunda uni xotirlab minglab kişilar iştirokida marş ötkazilardi, ammo bu yili Moskva rasmiylari marş ötkazişga ruxsat bermadi, buni pandemiya munosabati bilan joriy etilgan çeklovlar bilan izohlaşdi. An'anaviy marşlar taşkilotçilari meriyaga köprikka guldastalar qöyiş marosimiga xalal bermaslik böyiça iltimos bilan çiqişdi.

Moskvoretskiy köprigidagi qotillik joyiga kun davomida odamlar guldastalar kötarib kelişdi. Şu jumladan, Ğarb davlatlari elçilari marhum siyosatçini xotirlaşdi.
Siyosatçining döstlari, yaqinlari va tarafdorlari uning Troyekurovskoye qabristonidagi qabriga ham gullar qöyişdi.
«Oq hisoblagiç» («Beliy sçyotçik») taşkiloti vakillari ma'lumotiga köra, Moskva vaqti bilan soat 17:30da Boris Nemsovni xotirlaş uçun Moskvoretskiy köprigiga kelganlar soni 8 mingga yaqinni taşkil etgan.
Yuliya Navalnaya ham siyosatçini xotirlaş uçun keldi. U jurnalistlar bilan suhbatlaşişni rad etdi.

Nemsovning safdoşi Ilya Yaşin siyosatçini xotirlaş uçun kelmoqçi bölganlardan köprikka plakatlarsiz kelişni söradi va bu miting yoki marş emas, «xotira marosimi» ekanini eslatdi. «Politsiyaga qölga oliş uçun sabab qoldirmaslik kerak», degan Yaşin.

Memorialga «Yabloko» partiyasi asosçisi Grigoriy Yavlinskiy, şuningdek, «Parnas» partiyasi yetakçisi, Rossiyaning sobiq boş vaziri Mixail Kasyanov ham keldi.


Nemsovning qotilligi röy bergan joyda örnatilgan yodgorlikda köngilliklar navbatçilik qilişdi. Memorial OAVda «Nemsov köprigi» deb ataladi.
Nemsovning qotilligi yodga olinişiga oz vaqt qolganida, 19 fevral kuni politsiya memorialni örab oldi va gullar hamda fotosuratlarni olib taşladi. Şuningdek, bu yerda navbatçilik qilayotganlar qölga olindi.






















