Los-Anjyelesda 1 mart, duşanbaga ötar keçasi 78-marta «Oltin globus» mukofotini tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi. Keçaning asosiy mukofotlaridan biri - eng yaxşi dramatik serial - Buyuk Britaniya qiroliçasi Yelizaveta II hukmronligi haqidagi «Toj» tarixiy dramasiga berildi.

Serialda şahzoda Çarlz rolini öynagan Joş ÖKonnor teleserialning eng yaxşi aktyori, «Toj» filmida malika Diana rolini ijro etgan britaniyalik Emma Korrin esa teleserialning eng yaxşi aktrisasi sifatida «Oltin globus» mukofotiga sazovor böldi. 

Emma Korrin malika Diana rolida

«Qiroliçaning yurişi» psixologik trilleri eng yaxşi mini-serial deb topildi, unda rol ijro etgan Anya Teylor-Joy esa mini-seriallarning eng yaxşi aktrisasi sifatida e'tirof etildi.

Eng yaxşi ssenariy uçun mukofot Aaron Sorkinga 1960-yillarning oxirida AQŞda uruşga qarşi faollar ustidan bölib ötgan sud jarayoni töğrisidagi «Çikagodagi yettilik ustidan sud» tarixiy dramasi uçun berildi. 

«Qiroliçaning yurişi» filmidan lavha

Eng yaxşi animatsion kartina böyiça mukofot Pixar kompaniyasining Soul («Qalb») filmiga topşirildi. 

Keçaning boş mukofoti - eng yaxşi dramatik film uçun «Oltin globus» - Xloya Çjaoning «Köçmançilar yeri» filmiga nasib etdi. 

«Oltin globus» mukofotining barça ğoliblari:

  • Drama janridagi eng yaxşi film: «Köçmançilar yeri»;
  • Eng yaxşi komediya yoki myuzikl: «Borat 2»;