U bir oydan buyon uy qamoğida saqlanmoqda. Avvaliga uni mamlakat hududiga bir neçta ratsiyani noqonuniy yöl bilan olib kirib, import töğrisidagi qonunni buzişda ayblaşgandi. Keyinroq favqulodda vaziyatlar töğrisidagi qonunni buziş ayblovi ham işga tirkalgan, duşanba kuni esa u saylov kampaniyasi davrida sanitar normalarni buziş orqali epidemiologik xavf tuğdirişda ham ayblana boşlandi.

Dastlabki ayblovga köra uç yilgaça qamoq jazosi közda tutiladi, ammo endilikda 75 yoşli siyosatçiga qança muddat berilişi noaniq. Keyingi sud majlisi 15 mart kuniga belgilangan.

Mamlakatning ağdarilgan prezidenti, Suu Kining yaqin safdoşi Vin Min ham qamoqda. U fitna qözğaşda ayblangan, Myanma qonunlariga köra bu ayblov uçun jinoiy javobgarlik közda tutilgan.

Odamlar yana köçada
Myanmadagi davlat töntarişi 1 fevral kuni röy bergandi. Öşandan buyon butun mamlakat böylab ommaviy namoyişlar va iş taşlaşlar bölib ötmoqda. Yakşanba kungi tartibsizliklar vaqtida 18 kişi öldirilganiga qaramay, duşanba kuni ham köplab şaharlarda odamlar yana harbiylar hokimiyatiga qarşi köçalarga çiqişdi.

Xalq qonuniy saylangan hukumatni tiklaş va «Demokratiya uçun milliy liga» (NDL) partiyasi yetakçisi Aung San Suu Ki va mamlakatning boşqa rahbarlarini zudlik bilan ozod etişni talab qilmoqda.

«Frans press» agentligi xabariga köra, duşanba kungi aksiyalar vaqtida ham öq ovozlari eşitilgan va odamlar tarqab ketgan. Namoyişçilarni tarqatiş uçun közdan yoş sizdiruvçi gaz ham qöllangan.

Yangonda namoyişçilar köçalarda mebellar va bambuk taxtalaridan barrikadalar örnatişga urinmoqda. Mamlakatda namoyişlar boşidan buyon halok bölganlar soni rasman 21 nafar, yakşanba kungi namoyişlar vaqtida odamlar öqqa tutilişi oqibatida 18 kişi halok bölgandi.

«Xalq irodasini hurmat qiliş»
Harbiy xunta ötgan yil noyabridagi parlament saylovlarida qöpol qoidabuzarliklarga yöl qöyilgani tufayli hokimiyatni qölga olganini iddao qiladi - saylovlarda «Demokratiya uçun milliy liga» partiyasi katta ustunlik bilan ğalaba qozongandi. Harbiylarning fikriça, bunday ustunlikka faqatgina natijalarni soxtalaştiriş yöli bilan erişiş mumkin.