Davlat soliq qömitasi Yuridik şaxslarga xizmat körsatiş boşqarmasi boş inspektori Xursandbek Bekmetov notijorat taşkilotlarning qanday hollarda foyda soliğidan ozod etilişini izohladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Soliq kodeksining 294-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasining norezidentlari bölgan yuridik şaxslar, şuningdek, mamlakatda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oşiradigan, yuridik şaxs taşkil etmagan holdagi çet el tuzilmalari foyda soliği tölovçilari, deb e'tirof etiladi.
Soliq kodeksining 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilişi şarti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tuşumlar daromad sifatida hisobga olinmaydi».
Soliq kodeksining 48-moddasida «maqsadli tuşumlar» atamasiga izoh berilgan.
Maqsadli tuşumlar – notijorat taşkilotlarni ta'minlaş va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritişga yönaltirilgan tuşumlar (aksiz tölanadigan tovarlar tarzidagi tuşumlar bundan mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib tuşgan, şuningdek, boşqa yuridik va (yoki) jismoniy şaxslardan kelib tuşgan, mazkur oluvçilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tuşumlar maqsadli tuşumlarga kiradi.
Şuningdek, Soliq kodeksining 48-moddasi 6-bandida notijorat taşkilotlarni ta'minlaş va ularning ustavda belgilangan faoliyatini yuritişga yönaltirilgan maqsadli tuşumlar röyxati keltirilgan.
DSQ boş inspektori daromad oliş maqsadiga ega bölmagan, daromadlarni yoki mol-mulkni iştirokçilari (a'zolari) örtasida taqsimlamaydigan notijorat taşkilotining qanday daromadlariga soliq solinmasligini tuşuntirgan.
Unga köra:
– notijorat taşkilotlarining ta'minoti va uşbu Kodeksning 48-moddasida körsatilgan ustav faoliyatini amalga oşirişi uçun maqsadli tuşumlar;
– kursdagi ijobiy farq summasining kursdagi salbiy farq summasidan ortiq qismi;
– aholining diniy maqsadda foydalanişi uçun möljallangan tovarlarni realizatsiya qilişdan olingan daromadlariga foyda soliği solinmaydi.












