Sönggi yillarda butun Özbekiston hududi quriliş maydoniga aylandi, desak, mubolağa bölmaydi. Ayniqsa yangi köp qavatli uylar qurilişi köpaygan. Ularning aksari aholining turar joyga bölgan ehtiyojini qondirişga xizmat qilayotgan bölsa, fuqarolar işonçiga kirib, aldov yöli bilan ularning pulini olişni maqsad qilganlar ham yöq emas.

Yangi kvartira sotib olişda qanday jihatlarga e'tiborli böliş kerak? Bu boradagi savollarga töliqroq javob oliş uçun Toşkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti Qambariddin Mehmonov bilan intervyu taşkil qildik.

– Fuqarolar yangi qurilayotgan köp qavatli uylardan sotib olayotganda nimalarga e'tibor berişi kerak?

– Uşbu holatda quyidagi masalalarga e'tiborli böliş kerak:

  • yangi qurilayotgan köp qavatli uylarning sotuvçisi xöjalik yurituvçi sub'yekt sifatida davlat röyxatidan ötganmi va ayni damda mavjudmi (tugatilmaganmi)?
  • quriliş işlari amalga oşirilayotgan yer uçastkasini ajratiş töğrisida tegişli hokimlikning qarori mavjudmi?
  • quruvçi firma bozorda öz örniga egami?
  • quriliş loyihasi Quriliş vazirligi huzuridagi «Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi» DUK tomonidan ekspertizadan ötkazilganmi? Quriliş işlari mazkur loyiha va ekspertiza xulosasi asosida amalga oşirilmoqdami?

Şuningdek, iste'molçilar şartnomaning turiga e'tibor berişi kerak. Sotuvçi va sotib oluvçi örtasida quyidagi şartnomalardan biri imzolanişi mumkin:

  • investitsiya şartnomasi;
  • uluşli quriliş şartnomasi;
  • ipoteka şartnomasi;
  • uy joy oldi-sotdi şartnomasi.
TDYuU Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti Qambariddin Mehmonov

Fuqarolar yangi qurilayotgan köp qavatli uydan kvartira sotib olişdan avval yurist maslahatini olişsa ham zarar qilmaydi. Şuningdek, ular quyidagi savollarga javob topişlari tavsiya etiladi: sotib olmoqçi bölgan uy-joyingiz haqiqatdan ham daxlsiz yerda qurilganmi-yöqmi, huquqiy asos mavjudmi, yaqin kelajakda buzilişi rejalaştirilgan hududga taalluqlimi-yöqmi, sizga sotayotgan şaxs şunday vakolatga egami, firibgarlik alomatlari mavjud emasmi, avval ham uşbu şaxsdan xarid qilganlar mavjud bölsa, ularning taqdiri qanday keçdi, kabi oçiq savollarga javob olişingiz zarur.