Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hokimlarga bir kvadrat metr uy narxini 4 mln so‘mdan oshirmaslik choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasidagi vazifalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida odamlar bugungi ko‘chmas mulk narx-navosidan rozi emasligini aytib o‘tdi.
«Biz bugungi kunga qadar bunaqa hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz.
Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan o‘zi ichiga kirib, aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerak.
Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buning ichiga kirmagani ham, rost.
Shuning uchun, viloyat va tuman hokimlari bir kvadrat metr uy narxini 4 million so‘mdan oshirmaslik uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak.
Bunda, har bir tuman, shahar va viloyat hokimi o‘z hududida qurilish tannarxi ichiga kirib, qaysi qurilish materiallarini arzonroq va yaqinroqdan olish mumkin, sement va metall narxini qanday pasaytirsa bo‘ladi, degan savollarning javobini topishi kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Hozirgi qurilish tannarxida temir-beton ishlari – 32 foiz, buyoq va bezatish – 28 foiz, obodonlashtirish – 8 foiz, elektromontaj ishlari – 5 foizni tashkil etadi.
«Misol uchun, «betonnyy uzel» qo‘yib, qurilish uchun betonni arzon va sifatli ta'minlash, bazalt izolyatsiyasi, gazobeton bloklarini joylarda ishlab chiqarish orqali tannarxni kamaytirish bo‘yicha qaysi hokim bosh qotirmoqda?
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimi ikki hafta muddatda o‘z hududida quruvchilar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar, banklarni yig‘ib, aniq kalkulyatsiyalarni ishlab chiqishi kerak.
«O‘zstandart» agentligi bir oy muddatda joylarga chiqib, har bir hududda gazobeton ishlab chiqaruvchilarni standartlarga o‘rgatib, mahsulotlarini sertifikatlash dasturini amalga oshirsin.
Viloyat hokimlari bir oy muddatda uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarini infratuzilmaga tutash hududlardan ajratsin.
Umuman, joriy yilda aholini uy-joy bilan ta'minlash dasturi doirasida 11,5 trillion so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 4 baravar ko‘p) mablag‘ ajratilmoqda.
Hudud rahbarlari bir narsani bilib olsin: bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi», degan prezident.
O‘tgan yilgi Andijon tajribasidan kelib chiqib, fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda, kredit bir yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilib (o‘rtacha 240 million so‘m), ehtiyojmand aholi uchun foizning bir qismi subsidiya sifatida to‘lab beriladi.
Bu tizim asosida kreditlar joriy yilda har bir viloyatning kamida 500tadan xonadoniga ajratiladi.
Viloyat hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, qaysi tumanda qancha oilaga bunday kreditlarni ajratishni o‘zlari hal qiladi.
Qo‘chqorov, Ishmetov yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida 6,5 mingta xonadon uchun kreditga 1,5 trillion so‘m resurs ajratadi.
Mavzuga oid
18:54 / 08.09.2025
«Yangi avlod» maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi
13:16 / 06.09.2025
Fuqarolardan 30 turdagi hujjatlarni talab etish bekor qilinadi
22:12 / 05.09.2025
Qonunchilikni sodda tilda sharhlovchi Adliya TV internet sahifasi ishga tushiriladi
19:34 / 05.09.2025