Ona tili va adabiyot fanidan test namunalarida 3 turda – tuşuniş, adabiyot va yozma savodxonlik böyiça 20tadan savol berilgan. Matematika fanidan 7 bölimda – sonlar ustida amallarga doir hisoblaşlarni bajariş, algebraik şakl almaştirişlarni bajariş, tenglama va tengsizliklarni yeçiş, funksiyalar ustida amallarni bajariş, geometrik şakllar, vektorlar va koordinatalar ustida amallarni bajariş, ma'lumotlar va noaniqliklar bilan işlaş, matematik modellarni quriş hamda tadqiq yönalişida savollar berilgan.

Test namunalarini Davlat test markazi saytidagi “Milliy sertifikatlash tizimi” bölimidan yuklab oliş mumkin. Yuqoridagi fanlardan test imtihonlari aprel oyining birinçi 10 kunligida ötkaziladi.

Avvalroq, Özbekistonda milliy test tizimining ilk namunalari 3 mart kuni e'lon qilinişi haqida xabar qilingandi. Milliy test sinovlari sertifikati test sinovi natijasi böyiça eng yuqori ballning kamida 60 foizini töplaganlarga 3 yilga taqdim etiladi. Abituriyentlarga sertifikatdagi özlaştiriş foiziga mos ravişda OTMga kiriş test sinovlarida uşbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalaştirilgan (proporsional) ball beriladi.