Qömita raisi Baxtiyor Sayfullayev maktablarda sport zallari holati, musiqa asboblari olib beriş bilan boğliq tuşunarsiz holatlar haqida vazirlik va idoralar işini tanqid qildi.

«Madaniyat markazlari binolari juda açinarli ahvolda. Masalan, bir madaniyat markazi binosi yöq, lekin ştati mavjud. Ular qayerda örgatyapti — maktabda. Nega egasi bor joylarga kirib boryapmiz, maktabning egasi bor-ku, öz tögaragi bor, içi böş bölsa ham sport zali bor. Hali sport zalni anjomlar bilan töldiriş, musiqa asboblari olib beriş kerak.

Bundan taşqari, kutubxonalar moslaşmagan. Tumanlarda kutubxona bölmagani uçun kitobxonlikni maktablarga ötkazdik, deyişyapti. Bir maktab kutubxonasini kirib kördik, heç narsa yöq. Bizni aldaş uçun bir sinf bolalarini ötqazib qöyibdi, darsdan keyin kutubxonada ötirib tez aytiş maşq qilyapti, deydi. Kutubxona tez aytiş öynaydigan joy emas, kitob mutolaa qiladigan joy. Kitob yöq, mahalla kirmaydi bu yerga.

Biz hozir madaniyat va sport orqali yoşlarni qamrab olişimiz kerak. Bu joriy yil dasturida ham turibdi. Şunga binoan xalqimizning 17-25 foizi sport bilan şuğullanişini ta'minlab berişimiz kerak.

Ommaviy tadbirlar böyiça har bir hokimlik 350 mln sömdan 500 mln sömgaça moliyaviy ta'minlab berişi kerak, nega şuni hokimlardan talab qilmaysiz yoki Senatga çiqib, hokimiyat pulni çiqarib bermayapti, deb aytmaysiz? Aybingiz şuki, hozir befarq qarab turibsiz», dedi qömita raisi Baxtiyor Sayfullayev Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi vakillariga.

Şundan söng, Baxtiyor Sayfullayev Sirdaryo viloyatiga safari davomida duç kelgan voqea haqida sözlab berdi.

«Menga bir bölim mudiri kimga aytişimni bilmayapman, vazirlik 4ta karnay, 4ta nay berdi, lekin mutaxassisning özi yöq. Noğoralar bergan, bitta tumanga 1ta yetadi, lekin noğoraçi ham yöq. Nima qilaman uni, deydi. Körib çiqdik, aytganiday turibdi, bunga e'tibor qiliş kerak», dedi qömita raisi Baxtiyor Sayfullayev.