2021 yilning 6 – 9 mart kunlari Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirlari raisligida Strategiyani rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Shuningdek, tashrif dasturidan Xiva va Buxoro shaharlarini ziyorat qilish, Turkiyaning Samarqand shahridagi Bosh konsulxonasining ochilish marosimida ishtirok etish, boshqa vazirlik va idoralarida uchrashuv hamda muzokaralar olib borish o‘rin olgan.
Avvalroq, Samarqandda 8 mart kuni Turkiyaning bosh konsulxonasi ochilishi xabar berilgandi.









