2020 yil 8 oktyabr kuni saytimizda “Bojxonaçilarga sud qarorlari majburiy emasmi? Tadbirkor 1 yildan beri sarson” nomli maqola e'lon qilinib, unda tadbirkorlik qiliş maqsadida imtiyozdan foydalanmoqçi bölib, çetdan yuk maşinasi olib kelgan fuqaro oradan bir yil ötsa ham, undan foydalana olmayotgani – tadbirkor foydasiga sud qarorlari çiqqan bölişiga qaramay, bojxonaçilar tomonidan ijro etilmay kelinayotgani haqida söz yuritilgandi.
Uşbu maqola e'lon qilingaç, Davlat bojxona qömitasi munosabat bildirib, Farğona şahar ma'muriy sudining 2020 yil 12 maydagi hal qiluv qaroriga tuşuntiriş beriş böyiça Farğona şahar ma'muriy sudining 19 sentabr kungi ajrimi ustidan apellyatsiya şikoyati berilganini ma'lum qildi. Ajrimda Farğona viloyati bojxona boşqarmasi zimmasiga hal qiluv qarorining mazmunini özgartirmagan holda Özbekiston Respublikasiga olib kirilgan transport vositasini prezident farmoniga asosan imtiyozli asosda rasmiylaştiriş lozimligi tuşuntirilgan edi.
Apellyatsiya instansiyasining 2020 yil 11 noyabrdagi qarori bilan birinçi instansiya sudining uşbu ajrimi özgarişsiz qoldiriladi.
Farğona viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari esa çiqmagan jondan umid, deya oxirgi marta urinib körişdi. Ya'ni, tadbirkor O.Ergaşev foydasiga çiqarilgan Farğona şahar ma'muriy sudining 2020 yil 12 maydagi hal qiluv qarori hamda Farğona viloyat ma'muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2020 yil 16 iyundagi qarorini bekor qildiriş maqsadida Oliy sudga kassatsiya tartibida şikoyat kiritiladi.
Oliy sudining ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'ati (Z.Kurbonova, M.Ababakirov va I.Alimov) işni körib çiqib, 2021 yil 24 fevral kuni çiqargan qarori bilan quyi instansiyalarda çiqarilgan sud qarorlarini öz kuçida qoldirdi va bojxonaçilarning sönggi umidini yöqqa çiqardi.
Şunday qilib, Farğona viloyati bojxona boşqarmasining tadbirkorga yuk maşinasini qaytarib berişdan boşqa iloji qolmadi.
“Qonuniy huquqimdan foydalanolmay bir yarim yil sudma-sud sarson böldim. Bojxonaçilar “fura”mni öşa zahotiyoq imtiyozli tarzda rasmiylaştirib berganida, şu bir yarim yil içida ançagina daromad körgan bölardim” – deydi tadbirkor Otabek Ergaşev.
Ma'lumot uçun: Oliy sud qaroridan söng fuqaro şu yilning 26 fevral sanasida VOLVO FH 13 440 42 T rusumli yuk avtomaşinasini hamda KOGEL S24 rusumli yarimtirkamani qabul qilib olgan va foydalanişni boşlagan.









