Adliya vazirligi xabariga köra, qaror bilan 2021 yil 1 aprelgaça quyidagilar işlab çiqilib, joriy etiladi:
har bir mahallaning ID identifikatsiya raqami va hududiy çegarasi körsatilgan yagona elektron ma'lumotlar bazasi;
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan ota-onalar hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar va oilaga tarbiyaga berilgan (patronat) bolalar böyiça elektron ma'lumotlar bazasi;
davlat va nodavlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida tarbiyalanuvçilar böyiça tegişli ma'lumotlarni öz içiga oladigan yagona elektron axborot tizimi;
fuqarolarning avtotransport vositalari sozligi yoki nosozligi böyiça elektron ma'lumotlar bazasi.
2021 yil 1 apreldan:
Davlat xizmatlari agentligining “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga vasiylikka va homiylikka olingan bolalar töğrisidagi ma'lumotlar idoralararo elektron ma'lumotlar almaşinuvi orqali taqdim etiladi;
davlat va nodavlat umumta'lim taşkilotlariga öquvçini öqişga qabul qilişdan boşlab bitirgunga qadar, şuningdek Özbekistondagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta'lim taşkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar, akademik litseylar talaba(öquvçi)larini öqişga qabul qilişdan boşlab bitirgunga qadar uşbu ta'lim taşkilotlarining tegişli buyruqlari va boşqa hujjatlar faqat yagona elektron ma'lumotlar bazasida şakllantiriladi va rasmiylaştiriladi.
Qaror bilan şuningdek, Kam ta'minlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlaş hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlaş va tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga köra, oilani kam ta'minlangan deb e'tirof etiş hamda ularga bolali oilalarga nafaqa, bola parvarişi böyiça nafaqa va moddiy yordam hamda kompensatsiya tayinlaş va tölaş töğrisidagi qarorlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasining “Yagona reyestr” ATda şakllantiriladi va qabul qilinadi.












