Jahon banki pandemiya boşlangandan söng Özbekistondagi kambağallik darajasi pandemiyadan avvalgi 7,4 foizdan 8,7–10 foizga kötarilganini taxmin qilmoqda. Bu esa kambağallar soni mamlakatda 0,45–0,88 millionga köpayganini anglatadi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda pandemiya tufayli kambağallikni qisqartiriş böyiça ilgarilaş töxtab qolgan va hozir ortga qarab ketmoqda. Mamlakat aholisining aksariyati ayni paytda kambağallik çegarasiga yaqin darajada kun keçirayotgan bölib, çegaradan tuşib ketişining ehtimoli yuqori. Taşkilot mazkur aholining yarmidan köproği jamğarmalarga ega emasligini, 40 foizi esa hozirgi kunda 100 ming söm (9,8 dollar) miqdordagi kutilmagan xarajatlarni kötara olmasligini ma'lum qilgan.
Jahon banki tomonidan qabul qilingan çegara (daromad darajasi örtaça kesimning quyi qismida bölgan davlatlar uçun xarid qobiliyati pariteti jon boşiga bir kunda 3,2 AQŞ dollarini taşkil etadi) asosida baholanganda, 2018 yilda Özbekistonda kambağallik darajasi 9,5 foizni taşkil etgan. Bu hisob-kitoblar «Özbekiston fuqarolarini tinglab» loyihasi doirasida olingan tadqiqot natijalariga köra, özini «kambağal», deb hisoblaydigan uy xöjaliklarining öz-özini sub'yektiv tasniflaş körsatkiçlariga mos keladi.
«Davomli ijobiy özgarişlarga qaramay, kambağallik körsatkiçlarida geografik nuqtayi nazardan keskin tafovutlar kuzatilgan. Kambağal aholi vakillarining 79 foizga yaqini qişloq joylarda yaşaydi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida kambağallik darajasi deyarli bir xil bölsa-da, Samarqand viloyati aholisi soni nisbatan köpligi sababli 2018 yilda jami kambağal aholi vakillarining 20 foizi u yerda istiqomat qilgan», – deyiladi manbada.
Hukumatning kam ta'minlangan aholi uluşi töğrisidagi rasmiy ma'lumotlariga köra, kambağallik darajasi 2000 yildagi qariyb 28 foizdan 2019 yilga kelib, 11 foizgaça tuşgan, bunda kambağallikning qisqariş darajasi yildan yilga pasaygan.
Avvalroq boş vazir örinbosari – iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri Jamşid Qöçqorov pandemiya davrida mamlakatda kambağallik darajasi ortmagani, bu davr mobaynida aholining birorta qatlami qaşşoqlikka tuşmaganini aytgandi.








