CONTACT to‘lov tizimi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz rubllarda yuborish hamda O‘zbekiston hududidagi pul chiqarish shoxobchalarida AQSh dollari va yevro olishning 3 ishonchli usulini taqdim etadi.
Pul o‘tkazmalarini CONTACT tizimi bo‘yicha qanday qilib yuborish mumkin?
«CONTACT – Pul o‘tkazmalari» mobil ilovasi orqali
«CONTACT – Pul o‘tkazmalari» ilovasidan foydalanishni boshlash uchun uni Play Market yoki Apple Store' dan yuklab olish va mobil telefoningiz raqami orqali avtorizatsiya qilish kifoya. CONTACT pul va mijozlarning shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi. Shu sababli o‘tkazmalar eng zamonaviy kriptografik himoya bilan ta'minlangan, barcha ma'lumotlar esa himoyalangan aloqa kanallari orqali yuboriladi.
O‘tkazma real vaqt rejimida to‘lov uchun tayyor bo‘ladi. Bundan tashqari, foydalanuvchilar ilova orqali quyidagi amaliyotlarni amalga oshirishlari mumkin:
• o‘tkazma holatini kuzatish;
• avvalroq yuborilgan istalgan o‘tkazma amaliyotini takrorlash;
• oflayn to‘lovlar uchun jo‘natma va to‘lov punktlarini topish.
Onlayn pul o‘tkazmalari yordamida
Pul o‘tkazmalarini amalga oshirishning boshqa usuli https://online.contact-sys.com/ saytida onlayn tarzda bajariladi.
Mazkur holatda Internet tarmoqlarida Visa, MasterCard, Maestro, MIR va Rossiya banklari tomonidan ishlab chiqarilgan har qanday bank kartalari orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.
CONTACT tizimining xizmat ko‘rsatish punktlarida
Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini Rossiya hududidagi CONTACT tizimi punktlari orqali amalga oshirish mumkin. Qabul punktlarining to‘liq ro‘yxatini saytda topish mumkin:





