Xitoyda koronavirus pandemiyasining kelib çiqişini tadqiq qilayotgan halqaro inspeksiya öz hisobotini 15 martdan bir hafta ötib e'lon qiladi. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti rahbari ma'lum qildi.
«Hisobot ikki bosqiçda e'lon qilinişi közda tutilgandi: dastlabki qisqa hisobot fevralda, keyin töliği. Endi har ikkisi ham bir paytda omma hukmiga havola qilinadi.
«Köplab a'zo davlatlar SARS-CoV-2ning kelib çiqiş sabablarini örganayotgan JSSTning qöşma hisobotini intiqlik bilan kutişayotganini bilaman. Albatta, özim ham kutyapman. Jamoa sönggi va qisqa hisobot ustida işlamoqda. Ular 15 martdan keyin e'lon qilinadi.
Hisobotlar tayyor bölgaç, biz mutaxassislar jamoasidan hisobotni ommaga e'lon qilişdan avval a'zo davlatlarga yetkazişlarini va sizlarni aniqlangan narsalardan boxabar qilişlarini söraymiz», degan JSST boş direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus.
Koronavirus bilan zararlanişning ilk holatlari Xitoyning Uhan şahrida 2019 yilning dekabrida aniqlangandi. Xalqaro inspeksiya esa tekşiruvlarni 2021 yilning yanvarida boşladi va ötgan oy tugatdi.
Xalqaro olimlar guruhi ilk kasallaniş holatlari qayd etilgan joylarni tekşiriş uçun Uhanda tört hafta işladi. Mutaxassislar uşbu kasallik manbasi körşapalaklar ekani, boşqa sut emizuvçilar orqali insonga yuqqani haqida xulosaga kelişmoqda.
Uhanga borgan guruh virus manbasini aniqlay olmagan esa-da, mutaxassislar u şahardagi virusologiya laboratoriyasidan sizib çiqqan degan farazga işonçsizlik bilan qaraşmoqda.
Inspeksiya rahbarlari Jyenevaga qaytib kelgaç, Tedros Gebreyyesus «barça farazlar bölişi mumkin» deb aytgan.
Yangi tadqiqot ötkazişni talab qilib yozilgan oçiq xat mualliflaridan biri jahon ahli endi koronavirusning kelib çiqişini bila olmasligini aytgan.
«Endi bir yil avvalgidek imkoniyatga ega emasmiz», deydi Avstraliyadagi Flaynders universitetining vaksinalar böyiça mutaxassisi, payşanba kuni e'lon qilingan oçiq xatga imzo çekkan jahonning 26 mualliflaridan biri bölgan Nikolay Petrovskiy.
Oçiq xatda JSSTning inspeksiya guruhi «töliq va çeklanmagan tekşiruv olib boriş uçun erki, ovozi va huquqi yöq», deb aytilgan.












