UzAuto Motors haydovçisi Foziljon Muhammedov Kun.uz muxbiri suhbatda maoşi ikki barobardan köproqqa qisqarganini ma'lum qildi.

«Özbekiston böyiça tayyor mahsulotni yetkazib berib, 7-8 million söm oylik olardim. Oyliklar tuşgani sababli tuşunmovçilik böldi. Rahbariyat örganyapmiz, deyapti. Hozir oyligim 3 million, oldin esa 7-8 million olardim», – deydi Foziljon Muhammedov.

Foziljon Muhammedov

Asakadagi norozilik çiqişidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda sözlagan xodimlar ham 4–5 oydan beri oyliklar kamayib ketganini aytadi.

«Oyliklar tuşib ketgan. 4–5 oydan beri qiynalyapmiz. Ana böladi, mana böladi, ertaga, indinga deyapti... Qaçongaça?» – deydi yiğilganlardan biri.

«20 ming ham oylik tölaydimi? Bitta men işlasam oilada. Oilani qanday boqamiz? Özi oklad 2 mln.dan oşiq bölsa, 20 ming ham oylik çiqaradimi? Xorazm, Qarşiga qatnaganman. 20 ming söm! 450 söm oylik çiqqanlar ham bor. Noinsoflik bu», – degan boşqa bir fuqaro.

UzAuto Motors Yuk avtomobillari bölimi rahbari Rahimjon Ahmadjonov Kun.uz bilan suhbatda haqiqatan ham haydovçi xodimlar maoşi qisqarganini tasdiqlab, bu haydovçilar soni oşirilgani bilan boğliqligini aytdi.

«Oldin oylikni köp olardik, hozir kamayib ketdi, deyişyapti. 128 ta avtovozimiz bor. Har birida 2–3 tadan haydovçi bölardi. Bizda haydovçilarga faqat işbay tölanadi, ya'ni 8 soat yoki 11 soat işlaganiga qarab tölanmaydi. Bir oyda 11 marta yönalişga çiqqan bölsa, 11 tasiga, 5 marta çiqqan bölsa, 5 tasiga tölanadi.

Hozir har bir avtovozda haydovçilar sonini 4 nafardan qilib qöydik. Işçilarni köpaytirdik. Taşqarida işsiz yurganlar işga olindi. Bitta avtovoz bir oyda 10 millionlik qatnovga çiqqan bölsa, 4 haydovçiga 2,5 milliondan bölib beriladi. 3 nafar haydovçi bölsa 3,3 milliondan, 2 nafar bölsa 5 milliondan bölib beriladi-da.