Samarqandda bir erkakni o‘ldirib, jasadni kanalga oqizib yuborgan shaxslarga hukm o‘qildi
Paxtachida to‘rt yigit bir erkakni o‘ldirib, uning jasadini Narpay kanaliga oqizib yuborgan. Mazkur jinoyat fosh etilib, qotillar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tafsilotlarga ko‘ra, Paxtachi tumanida yashovchi F.M.ga notanish erkak telefon qilib, uni yoqtirib qolganini va u bilan uchrashmoqchi ekanini aytadi. Begona erkakning bunday surbetligidan g‘azablangan ayol voqeani qaynukasiga aytib beradi. Shundan so‘ng ayolning ukasi va uch nafar qaynisi erkakdan qasos olish maqsadida reja tuzishadi. Rejaga binoan F.M. erkakka telefon qilib, uchrashuvga rozi ekanini va uni eski bog‘cha binosida kutishini aytadi.
Erkak belgilangan joyga borganda 4 yigit uni kaltaklaydi. So‘ng yigitlardan biri uni ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘adi. Erkak vafot etadi. Uning o‘lib qolganini bilgan yigitlar erkakning jasadini Narpay kanaliga uloqtirishadi.
Tez orada jinoyat fosh etiladi, yigitlar tergov va sud jarayonida aybini to‘liq tan oladi.
Sud ularni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «j», «p» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan o‘ta shafqatsizlik bilan odam o‘ldirish) va 267-moddasi 2-qismi «b» bandida (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatlarni qasddan sodir etganlikda aybdor deb topadi.
Qayd etilishicha, sudlanuvchilarga jazo tayinlashda ularning jinoyat sodir etishdagi ishtiroki darajasi hisobga olingan. Sud hukmiga asosan, F.M.ning ukasi 18 yil-u 6 oy, uch nafar qaynisi esa mos ravishda 16 yil, 15 yil-u 3 oy hamda 13 yildan muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
-
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:55
-
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Jahon | 14:54
-
O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish pilot loyihasi amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 14:14
Mavzuga oid

13:55 / 29.05.2025
O‘zbekiston va Italiya strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashini e’lon qildi

23:47 / 28.05.2025
Italiya bosh vaziri Registon ansambli va «Boqiy shahar» majmuasi bilan tanishdi - foto

21:02 / 28.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi

23:09 / 23.05.2025