Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli boşliq delegatsiya Özbekistonning Xiva, Buxoro va Samarqand şaharlarida böldi. Bu haqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xivadan boşlangan sayohatlarda Turkiya delegatsiyasiga boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov hamrohlik qildi. 6 mart kuni Xiva şahriga taşrif buyurgan turkiyalik mehmonlar tantanali ravişda kutib olindi.

Içan qal'ada ular uçun madaniy tadbirlar taşkil etilib, Xorazm viloyati qöğirçoq teatri jamoasining "58-Xon" teatrlaştirilgan tomoşasi namoyiş etildi.

Şundan söng Çovuşöğli boşçiligidagi delegatsiya Buxoroga taşrif buyurdi. Bu yerda mehmonlar Poyi Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz kompleksida böldi, mahalliy hunarmandlar bilan uçraşdi. Ark qörğonida teatrlaştirilgan sahna körinişlari taqdim etildi.

7 mart kuni delegatsiya Samarqandga keldi va bu yerda Turkiya Respublikasining boş konsulxonasi oçilişida iştirok etdi. Konsulxonaning oçiliş marosimida Turkiya TIV rahbari Mavlud Çovuşöğli, Aziz Abduhakimov, Abdulaziz Komilov hamda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov qatnaşdi.