Gvardiola ğalabali seriya, Mançesterda qolayotgani, Dias va Foden hamda YeÇL haqida
|22:18 / 10.03.202113 79811 min
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Sobiq futbolçi Rio Ferdinand BT Sport uçun juda qiziqarli intervyular uyuştiradi. Uning navbatdagi mehmoni «Mançester Siti»ni uşbu mavsumda oğir davrdan olib çiqib, 22 öyindan iborat ğalabali seriyani amalga oşirgan va deyarli Angliya çempioniga aylantirgan Pep Gvardiola böldi. Pepning fikrlari uning maydondagi sxemalari kabi murakkab bölmasa-da, juda qiziq çiqdi.
Asosiy buriliş nuqtasi – xotirjamlik
«Mançester Siti»ning ğalabali seriyasi «Tottenhem»dan qabul qilingan mağlubiyatdan (0:2) söng boşlangandi.
«Öşa kuni biz nimadir notöğri ketayotganini angladik. Özgarişga harakat qildik, endi raqib jarima maydoniga köproq futbolçi jönata boşladim. Aslini olganda, buriliş nuqtasi «Vest Bromviç»ga qarşi öyin (1:1) bölgandi. Öşa öyinda biz yutişimiz mumkin edi, ammo uçraşuv tugagaç, men ştabdagilarga jamoa öyini yoqmaganini aytdim. Gap natijada emas, men uslubimizni tanimay qolgandim.
Biz avval haddan taşqari köp yugurar, ammo kerakli pozitsiyani töldira olmayotgandik. Töp bilan nima qilişni bilmasdik, ortiqça harakatlar köp edi. Bizning kuçimiz şunda bölişi kerakki, töpga egalik qilgan futbolçi şeriklarining qayerda ekanini bilişi kerak. Biz hammasini tez amalga oşirişga urinardik, aslida futbolda pauzalar ham juda muhim. Ritmni nazorat qiliş lozim, zero uni ilojsizlikka qadar kötarib bölmaydi.
Oqibatda, özligimizga qaytişni boşladik: vingerlar yuqoriroqda öynab, hujum kengligini ta'minlaydilar, markazda nazorat kuçayadi. Töpsiz yovvoyi tezlikda yuguriş mumkin, ammo töpni nazorat qilayotganda, xotirjamroq böliş, köproq uzatmalarni amalga oşirişni talab qildim. Köproq natija haqida emas, maydonda qanday öynaş haqida boş qotirişni söradim. Xuddi David Silva davridagi kabi, öyinlarimiz biroz xotirjamroq torta boşladi. Şu tariqa, öyindan öyinga ğalaba qozonib, işonçni orttirdik».
Kanselu yarim himoyada
«Siti»ning muvaffaqiyatli seriyasini köproq Joau Kanseluning yangi pozitsiyasi bilan ham boğlaşdi. Portugaliyalik futbolçi «aldamçi fulbek»ka aylandi. Pepning aytişiça, bu aslida yangilik emas, u «Bavariya»da ham, Mançesterda ham köp marta bunday uslubga murojaat qilgan.
«Biz bunday vazifani öz vaqtida Delfga ham topşirganmiz, Zinçenko bilan ham öynalgan. Bu şunçaki, yaxşi pas bera oladigan futbolçi raqib uçun kutilmagan nuqtalarda paydo bölişidir. Joau – ajoyib futbolçi, u buni epladi. «Vest Hem» bilan öyinda Aleks (Zinçenko) ham şunday pozitsiyada öynadi. Hammasi raqib va şogirdlarimning holatiga boğliq».
Mavzuga oid
Ruben Diaş hammani özgartirdi
«Mançester Siti»ning ösib borişida katta ahamiyat kasb etgan yana bir jihatni bemalol oddiy muxlis ham payqaşi mumkin – himoya. Jamoa APL öyinlarida atigi 17 marta gol ötkazib yuborgan, ğalaba seriyasi paytida esa, barça musobaqalarda atigi 7ta.
«Himoya çiziği butun jamoaga işonç beradi. Hujumçilar doim orqada kuçli darvozabon va himoyaçilar turganini his qilsa, ança işonçli harakat qilişadi. Aslida biz heç narsani özgartirganimiz yöq, farqi, biz xato qilmay qöydik. Albatta, raqib juda yaxşi öyin körsatsa, gol urişi mumkin, qoyil, lekin özimiz ularga gol sovğa qilmay qöydik.
Ayniqsa, Ruben Diaşning kelişi katta ijobiy ta'sir körsatdi. Bu transfer Jon Stounzning öyinini ham yaxşiladi. Ruben şunday futbolçiki, butun himoyani boşqara oladi. Ham özi töğri qarorlar qabul qiladi, ham boşqalarga yordam beradi. Faqat öz vazifasi haqida emas, umuman, şeriklari haqida ham qayğuradi».
Nega Mançesterda qolayotgani haqida
Ötgan yilning noyabrida Pep «Mançester Siti» bilan 2023 yilgaça amal qiluvçi yangi şartnomaga imzo çekdi. Ha, murabbiy uçun Angliyadagi faoliyati eng uzoq davom etgan davr, hatto Barselonadagidan ham. Pep nega aynan Mançesterda uzoqroq qolayotgani haqida ham fikr yuritdi.
«Barselonada men baxtli edim, «Bavariya»da ham hammasi yoqqan. Lekin Angliyada ötgan 4-5 yilga qarasam, şunçaki, özimni yaxşiroq his qilyapman. Faqat hozir emas, ötgan mavsumda ham, biz heç narsa yutmaganimizda ham muammo yöq edi.
Ğalaba qozongan onlarimizda baxtlimiz. Yutqazsak, özimizga nega bunday bölgani haqida savol beramiz. Boşqa klublarda, ayniqsa, Ispaniyada senga natijalarga qarab baho berişadi. Tabiiyki, bu yerda ham şunday, lekin bu yerda «yutsang zörsan, yutqazsang, yomonsan» deyişmaydi. Mendan bundan keyin yaxşiroq öynaş uçun nima qiliş mumkinligi haqida söraşadi.
Murabbiy – jamoadagi eng nozik pozitsiya. Buni hamma biladi. Ammo bu yerda rahbariyat tomonidan işonçni ham, qöllab-quvvatlaşni ham sezib turaman. Qarorlar qabul qilişda ança erkinlikka egaman, bosim xalaqit qilmaydi.
Barselonada, Myunxenda ham baxtli edim, lekin doim Angliyada, Şekspir, Bitlz va Oasis yurtida işlaşni orzu qilganman».
Çempion Ligasi – boşqaça musobaqa
Ha, Pep uçun bu juda oğriqli nuqta va uning özi buni tuşunadi. Murabbiy Rioga bu turnirning öziga xosligi haqida tuşuntirdi.
«Albatta, bu yerda men uşbu turnir borasida bosimni his qilaman. Agar Çempionlar Ligasining eng oxirgi bosqiçlariga yetib bora olmasam, tuşunamanki, men aynan şu vazifani bajara olmagan bölib çiqaman. Buni qabul qilaman. Lekin köpinça, gap faqat sovrinlarda bölmaydi, yaxşiroq öynaş, jamoaga yangi, ijobiy turtkilar beriş, çöqqida imkon qadar uzoqroq qoliş muhimroq.
Biz ajoyib tört mavsum ötkazdik. Ötgan yil ham yomon emasdik, lekin 99 oçko töplay olgan yanada kuçliroq raqibga duç keldik. Ammo Liga kubogi va Angliya Kubogida yomon öynamadik. Umid qilamanki, uşbu mavsumda yoki kelasi yili Yevropa maydonlarida ham özimizni körsatamiz.
Çempionlar Ligasida doim nimadir yetişmaydi: ozgina santimetrlar, bir neça metrdan oçiq darvozani nişonga ola bilmaslik. «Mançester Yunayted» 1999 yilda Çempionlar Ligasini yutganda men ham «Kamp Nou»da edim. Hisob 0:1 bölib turganda, ikki daqiqada ikki gol böldi. Bu ajoyib ğalaba, lekin tahlil qiliş juda qiyin. Çempionlar Ligasida bunday holatlar köp böladi va doim buni e'tiborga oliş kerak. Sen yetarliça kuçli bölmasliging ham mumkin yoki ba'zida şunçaki, omad sendan yuz ögiradi».
Maydon çetidagi «tentak»
Maydon çetidagi Gvardiola APLdagi eng hissiyotli murabbiylardan biridir.
«Mağlubiyatga uçrayotgan paytlarimda, rostan ham juda qörqinçli bölib ketaman. Umid qilamanki, bir neça yil ötib, Karlo Ançelotti yoki Roy Hojsonlarning yoşiga yetganimda, men ham ança xotirjamroq bölaman.
Özimga ham bu yoqavermaydi, juda köp marta şogirdlarimdan uzr söraganman. Lekin bu mening hissiyotlarim, agar nimadir yoqmasa, buni yetkazib beriş uslubim. Hammayam odam, ba'zida böşaşiş, özini qöyib yuborişi mumkin, lekin mening jamoamda heç qaçon bunday bölmasligi kerak. Özimni körsatiş uçun qilmayman, bu mening xarakterim.
Men şunçaki, bu öyinni yaxşi köraman. Öyin tugaşi bilan şogirdlarimga nimanidir tuşuntirayotganim köpçilikning kulgisiga ham sabab bölgan. Lekin ba'zida öşa pallada, futbolçi barçasini eslab turganida gaplaşiş oson. Odatda, hammasini ertasiga muhokama qilamiz. Şunisi muhimki, futbolçilar buni jazo sifatida qabul qilmasliklari lozim. Ammo hozir şunaqa davrki, hamma ğalaba qozonişga çanqoq: buyuk sportçi sovrin yutişi bilan duşga kirib, keyingi ğalabalar haqida öylay boşlaşi şart».
Fil Foden haqida
Rio Pepdan «Siti»ning asosiy iqtidorli tarbiyalanuvçisi Fil Foden haqida ham söradi. Bir paytlar, studiyalardan birida Ferdinand Fodenga köproq maydonga tuşiş uçun boşqa jamoaga ijaraga ketişni maslahat bergandi. Fil Mançesterda qoldi va ajoyib mavsum ötkazmoqda.
«Foden senga öxşagan mutaxassislarga kamroq quloq solişi kerak, Rio. U köproq öz ustida işlab, nimalarni yaxşilaşi mumkinligi haqida boş qotirişi foydaliroq. U megaiqtidorli futbolçi, lekin haliyam faqat bir ritmda öynaydi. U maydonda juda tezkor, portlay oladi, lekin ba'zida xotirjamlik ham katta yordam beradi. Qaçonki u, turli ritmlarni özida jamlay olsa, katta futbolçi bölib yetişadi.
U hozir ham individual mahorati yordamida köp foyda keltirişi mumkin. Lekin u öyinni his qilişni, tuşunişni örganişi kerak. Gap Foden bu işni qila olmasligida emas, şunçaki, u endigina 20 yoşda. Har qanday futbolçi 28 yoşida 20 yoşidagidan köra kuçliroq böladi».
YeÇL finali va Messining boş bilan urgan goli haqida
Suhbatning eng qiziqarli joyi oxirida, Rio 2008/09 yilgi mavsumdagi YeÇL finalini eslaganida böldi. Öşanda Pepning «Barselona»si Rio Ferdinand töp surgan «Mançester Yunayted» ustidan ğalaba qozongandi. Gvardiola suhbatdoşiga biroz hazil qildi.
«Men Messiga «uzoq ustunga bor, u yerda Rio töp suradi, oson böladi» degandim. Aslini olganda, bizning biroz omadimiz kelgandi. Dastlabki 15 daqiqada hisob 0:2 körinişiga aylanişi ham heç gap emasdi. Kriştianu jarima zarbasini juda xavfli ijro etgan. Men uçun öşa finallarda «Mançester Yunayted»ga qarşi öynaş şaraf edi. Ğalaba qozonganimiz esa, tabiiyki, yorqin xotira sifatida qolgan».