Içki işlar vazirining “Özbekiston Respublikasi içki işlar organlari vaqtinça saqlaş hibsxonalarining içki tartib-qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi buyruği loyihasi e'lon qilindi.

Içki işlar organlari vaqtinça saqlaş hibsxonalari içki tartib-qoidalariga kiritilayotgan özgartiriş va qöşimçalarga köra, sud, prokuror, himoyaçi yoki vaqtinça saqlaş hibsxonalarini tekşiriş huquqiga ega bölgan davlat organlari nomiga, şuningdek jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxsga yoki organga yöllangan ariza, taklif va şikoyatlar senzuradan ötkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi iş kunidan keçiktirmay muhrlangan tarzda oluvçilarga yuboriladi yoki topşiriladi, telegrammalar esa darhol yuboriladi.

Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman)ning va prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning nomiga yuborilgan şikoyatlar muassasa ma'muriyati tomonidan közdan keçirilişi mumkin emas hamda oluvçiga yigirma tört soatdan keçiktirmay yuboriladi.

Inson huquqlari böyiça vakil (ombudsman) va prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning javobi muassasa ma'muriyati tomonidan közdan keçirilişi mumkin emas va arizaçiga darhol yetkazib beriladi.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organ mansabdor şaxsi, suriştiruvçi yoki tergovçi harakatlari va qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar berilgan kundan keyingi iş kunidan keçiktirmay vaqtinça saqlaş hibsxonasi boşliği yoki uning örnini bosuvçi şaxs tomonidan tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organga, suriştiruv organiga, tergov organi boşliğiga yoxud prokurorga, prokuror harakatlari va qarorlari ustidan berilgan şikoyatlar esa yuqori turuvçi prokurorga yuboriladi yoki topşiriladi.