Qayd etilişiça, mahkama Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Hazorasp tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro V.R. va U.R. oldindan til biriktirib, fuqaro O.ga turar joy binosini quriş uçun tuman hokimligi zaxirasidan 1 200 kvadrat metr yer maydonini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali olib beriş evaziga 5 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlanganlar.
Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, Ğallaorol tumani “O.” suv iste'molçilari uyuşmasi raisi F.T. yer sotişga vakolati bölmasa-da, fuqaro I.ning işonçiga kirib, unga uyuşma hududidan ğallaçilikka ixtisoslaşgan 3 gektar suvli hamda 20 gektar lalmi yer maydonlarini firibgarlik yöli bilan sotişni rejalaştirib, oldindan kelişilgan 50 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











